Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
ITA gipoplastik turining 6 xil klinik ko`rinishi mavjud
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
ITA gipoplastik turining 6 xil klinik ko`rinishi mavjud:
1. Autosom-dominant chuqurcha-egatchali irsiy tugallanmagan amelogenez. Klinik belgilari: tish toj qismining ko`pchilik xollarda vestibulyar va lunj yuzalarida o`rtacha o`lchamli chuqurchalar va egatchalar mavjudliga aniqlanadi. Til va tanglay yuzalarda bu nuqsonlar birmuncha kamchilikni tashkil qilishadi va ma’lum bir tartibga ega bo`lmasdan xaotik tarzda joylashadi. Ba’zan chuqurchalar ma’lum yo`nalishda ustunchalar tizimi shaklida ko`rinadi. Egatchalar xam uzunasiga yo`nalgan bo`lib, tishning kesuvchi yoki chaynov qirrasidan bo`yin qismi tomon tish o`qi bo`ylab yo`nalgan bo`ladi. Chuqurchalar va egatchalardan xosil bo`lgan chiziqlar goxida tish kesuvchi qirrasidan boshlanib, ekvatorga intilib tugaydi. Goxida ekvatordan boshlanib tish bo`yin qismi soxasiga intilib tugaydi. Ba’zan esa bo`yin qismidan boshlanib ekvator tomon yo`nalgan bo`ladi. Tishlar kesuvchi qirrasidan boshlangan nuqsonlar shu soxalarda emalning yupqalashishini, yorilib ajralishini yuzaga keltiradi. Shu soxalarda emal yupqalashib, ovqat maxsulotlari pigmenti xisobiga rangi o`zgaradi. Mazkur pigmetlar 130 chuqur singib kirmaydi va mexanik usulda yengil tozalanadi. Nuqsonlar bo`lmagan soxalarda emal o`zining odatiy tusiga, rangiga yaltiroqligiga ega, yuzasi silliq, tekis. Sut va doimiy tishlar kasallikka bir xil tortiladi. 2. Autosom-dominant maxalliy gipoplastik ITA. Klinik belgilari: Tishlar toj qismining vestibulyar va lunj yuzalarida yakka-dukkam yirik oval shaklidagi chuqurchalar va egatchalar mavjud bo`ladi. Chuqurchalar va egatchalar vertikal yo`nalishda bo`lib, simmetrik joylashuvi aniqlanmaydi. Bir xil nomli tishlar satxida mazkur nuqsonlar xar xil chuqurlikda bo`lib, ularning tubi va devorlari tekis, emal silliq, qattiq, yaltiroq, qavati faqat chuqurroq soxalarda yupqalashgan bo`ladi. Yupqalashgan emal soxalarida emal rangi o`zgargan bo`lib, och-sariq yoki och-jigarrang tus oladi. Emal rangining to`qroq yoki ochroq bo`lishi nuqsonlar chuqurligiga va bolaning yoshiga bog`liq bo`ladi. Bolaning yoshi qanchalik katta bo`lsa, nuqsonlar chuqurroq bo`lsa emal to`qimasining va ochilib qolgan dentin to`qimasining rangi shunchalaik to`qroq bo`yaladi. Jaroxatlangan sut va doimiy tishlarning soni xar xil bo`lishi mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling