Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bolalarda parodont to`qimasining anotomik tuzilishi va


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   261
6.1. Bolalarda parodont to`qimasining anotomik tuzilishi va 
fiziologik xususiyatlari. 
Parodont – morfologik va funksional jihatidan murakkab to`qima 
bo`lib, tish atrofini o`rab va uni alveola kosachasida ushlab turadi. 
Parodont strukturasini: milk, periodont, alveola suyak o`sig`i va sement 
tashkil qiladi. Bu elementlar o`zaro jips bog`langan bo`lib, bir embrional 


139 
kurtakdan rivojlangandir. Mazkur sanab o`tilgan strukturalarning asosiy 
qismi mezenxima to`qimasidan taraqqiy etganligi buning dalilidir. 
Parodont to`qimasi o`ziga yarasha murakkab: barer, trofik, plastik, 
ushlab turuvchi tayanch kabi vazifalarni bajaradi. 
Milk, epiteliy va qo`shuvchi to`qima qavatidan iborat bo`lib, 
tishlar atrofidan boshlanib o`tuvchi burmalar shilliq pardasigacha davom 
etadi. Milkda so`rg`ich qismi, marginal qismi va alveolyar qismlari 
farqlanadi. Milkda so`rg`ich qismi erkin holatda yotgan bo`lib, marginal 
sohaga o`tishdan oldin tish milk tarnovchasini yoki odatdagi tish – milk 
cho`ntagini (egatini) hosil qiladi. 
Gistologik tuzilishi jihatdan unda milk epiteliysi, krevikulyar (milk 
egatini ichidan qoplovchi) va biriktiruvchi (tsementga yopishgan 
epitelial birikmani qoplovchi) epiteliy turlari ajratiladi. 
Milk parodont to`qimasining muhim strukturasi bo`lib qolgan 
strukturalarni tashqi muxit sharoitining bevosita ta’siridan saqlab turadi. 
Tishlar bo`yin qismiga jips yopishib epiteliy va xususiy biriktiruvchi 
to`qimali qavatlardan iborat bo`lib, alveolyar o`siq suyak usti pardasiga 
yopishgan bo`ladi. Milkning alveolyar qismini qoplab turuvchi ko`p 
qavatli yassi epiteliy qavat: bazal, tikanaksimon, donador hujayralar 
qavatidan iborat bo`lib, odatda shoxlanishiga moyil bo`ladi. Bu holat 
milkni kimyoviy, mexanik va boshqa ta’sirotlardan himoya qiladi. 
Milkning xususiy qavatining asosiy hujayra oraliq moddasi barer – 
himoya va yuqori regeneratsiya vazifalarini bajarishi bilan bir qatorda 
to`qima gemostazini barqarorlashtirib turadi. 
Milkning mikroblar va tashqi muxitning har xil noxush 
ta’sirotlaridan himoya qiluvchi vositasi bo`lib, uning xususiy 
to`qimasida faoliyat ko`rsatadigan himoya hujayralar majmuasi 
(limfotsitlar, plazmatik hujayralar, monotsitlar, neytrofillar makrofaglar 
va semiz hujayralar) hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda asosiy 
moddasida mavjud bo`lgan gialuron kislotasi va gialuronidaza fermenti 
ham himoya vositasi sifatida muhim o`rin tutadi. 
To`qimada gialuronidaza fermentining oshib ketishi uning 
o`tkazuvchanligini oshiradi va yallig`lanish jarayonining boshlanishiga 
sabab bo`ladi. Bunday hol ko`pincha patogen mikroorganizmlarning 


140 
to`qimaga tushib, o`zidan gialuron kislotasini ishlab chiqargan paytlarda 
yuz beradi. 
Milk xususiy qavatining qo`shuvchi to`qimasi tolali strukturasida 
kollagen tolalar yaxshi rivojlangan bo`ladi. Bu tolali strukturalar 
to`qimaning zichligi va mustahkamligini ta’minlab turadi. Qo`shuvchi 
to`qimaning xususiy hujayrasi sanalmish fibroblastlar kollagen tolalarni 
hosil qilish va uning yallig`lanib turishini ta’minlaydi. Limfotsit, 
makrofag, plazmatik va semiz hujayralar – fagotsitoz, pinotsitoz, 
antitelolar va immunoglobulinlar ishlab chiqarish vazifalarni bajarishadi. 
Parodont kasalliklarining etiologiyasini, patogenezini aniqlashda 
va bu xastalikni oldini olish – profilaktika tadbir – choralarini belgilab 
olishda tish va milk orasini qoplab, biriktirib turuvchi maxsus epitelial 
boylam to`g`risidagi tasavvur muhim o`rin tutadi. Aynan shu sohalar 
tashqi muhitning ko`plab noxush ta’sirotlariga, ayniqsa mikroblarga 
nisbatan to`siq hisoblanadi. Shu bilan birgalikda parodont to`qimasida 
yallig`lanish jarayoni boshlanuvchi nuqta hisoblanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling