Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bolalar yoshida milk to`qimasining morfologik


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   261
6.1.1. Bolalar yoshida milk to`qimasining morfologik 
shakllanishi. 
Sut tishlari davrida milk tuzilishi o`ziga xos bo`lib, epiteliy 
qavati yupqa, takomillashmagan, epitelial so`rg`ichlar yuza joylashgan, 
shoxlanish belgilari rivojlanmagan bo`ladi. Bazal membrana, yupqa, 
nozik tuzilishga ega. 3 yoshgacha bo`lgan bolalar og`iz bo`shlig`i shilliq 
pardasi, jumladan milk shilliq pardasi epiteliy qavati juda ko`p miqdorda 
glikogen saqlaydi. Sut tishlar prikusi shakllanishining tugashi arafasida 
(2,5-3 yosh) milk epiteliysida glikogen moddasi butunlay bo`lmaydi va 
bu jihatdan shilliq pardaning boshqa bo`limlaridan farq qilmaydi. 


143 
3 yoshdan so`ng milk shilliq qavati epiteliysida glikogen 
moddasining paydo bo`lishi patologik jarayondan darak beradi. Shiller-
Pisarev usulida yallig`lanish jarayoni mavjudligini aniqlash diagnostika 
sinamasi to`qimada glikogen moddasi bor-yo`qligini tekshirib ko`rishga 
asoslangan. Mazkur sinama asosida yod-kraxmal (glikogen) reaksiyasi 
yotadi. Shilliq parda xususiy to`qimasining kollogen tolalari zich 
joylashmagan va ma’lum yo`nalishda tutamlar hosil qilmagan bo`ladi. 
Elastik tolalar xususiy to`qimada bo`lmaydi. 
Sut tishlar almashinuvi davrida ma’lum, sezilarli o`zgarishlar 
bo`ladi: milk epiteliy qavati qalinlashadi, epitelial so`rg`ichlar 
shakllanib, o`lchamlari kattalashadi, chuqurligi oshadi, kollagen tolalar 
zichlashib ma’lum yo`nalishda yotadi. Mazkur yoshda Pearse C. (1962) 
fikriga ko`ra kollagen tolalarning yetilishi sodir bo`ladi va ular diffuz 
reaksiyaga kirish qobiliyatini susaytiradi. Qon tomirlar atrofida dumaloq 
hujayralarning yig`ilishi dumaloq gistogematik barer o`tkazuvchanligini 
keskin pasaytiradi. Bu esa o`z navbatida milkda patologik 
jarayonlarning surunkali tarzda kechishini ta’minlaydi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling