Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


PMA (papillyar-marginal-alveolyar) ko`rsatkichini aniqlash


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   261
 
PMA (papillyar-marginal-alveolyar) ko`rsatkichini aniqlash. 
Bu ko`rsatkich milk shilliq pardasida yallig`lanish jarayonining 
darajasini va tarqalish ko`lamini ko`rsatadi. Umumiy milklar sathi 100 
deb olinib, foizlarda ifodalanadi. Milk so`rg`ich qismi (S) yallig`lanishi 
bilan qirg`oq qismining yallig`lanishi (M) 2 ball bilan; alveolyar (A) 
qismining yallig`lanishi 3 ball bilan baxolanadi va quyidagi formula 
asosida hisoblab topiladi.
PMA ko`rsatkichi=∑
ballar
*100 % 
3*tishlar soni 


159 
Quyidagi misolga qarang: 
M R

PMA ko`rsatkichi=(2+2+2+2+1+1+1+1+3+3+3+3) *100=33,3% 
3*24 
Demak, bu misoldan ko`rinib turibdiki, 12 ta tish atrofidagi milk 
to`qimasi yallig`langan va u umumiy milk sathining 33,3 foizini tashkil 
qiladi (og`izda 24 dona tish mavjud). Milk shilliq pardasi lyugol eritmasi 
bilan bo`ladi. 
Milklarda qon oqish darajasini aniqlash 
Qon oqish belgilarining mavjudligini bemordan so`rab-surishtirilib 
aniqlanadi. 
I darajali holatda qon oqish belgisi juda kam hollarda bemor shikoyatida 
keltiriladi. 
II darajali holat tishlar tozalanganda har gal aniqlanadi. 
III darajalisida qon oqish belgisi o`z o`zidan yoki ovqat chaynaganda 
kuzatiladi. 
 
Komplek periodontal indeks(KPI) ni aniqlash. 
Leus P.A.(1988) tomonidan taklif qilingan kompleks periodontal indeks 
tish atrofi to`qimasi xolatini sifat va miqdor jixatdan to`laqonliroq 
xarakterlash uchun 12 yoshgacha bo`lgan bolalarda qo`llaniladi.
Mazkur indeksni aniqlash odddiy stomatologik instrumentlar yordamida 
amalga oshiriladi. 3-4 yoshli bolalarda 55, 51, 65, 75, 71, 85; 7-11 yoshli 
bolalarda 16,11, 26, 36, 31, 46 tishlar atrofidagi parodont to`qimalari; 
o`smir va katta yoshli bolalarda 17/16, 11, 26/27, 36/37, 31, 46/47 
tishlar atrofidagi to`qimalar tekshiriladi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling