Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Surunkali gipertrofik gingivit


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   261
6.7.1. Surunkali gipertrofik gingivit. 
Bunday xastalik chegaralangan va diffuz (keng tarqalgan) tarzda 
kechishi mumkin. Chegaralangan gingivit chaqiruvchi sabablardan: 
prikus patologiyasi (anomaliyalar),ortodontik vositalar, tishprotezlarini 
noto`g`ri tayyorlash hamda kiydirish va shu kabilarni ko`rsatish 
mumkin. Diffuz yallig`lanishga balog`at yoshi arafasida ichki sekretsiya 
bezlarida sodir bo`ladigan o`zgarishlar, S vitaminining organizmdagi 
tanqisligi, tutqanoq xastaligida uzoq vaqt dilantin preparatini qabul 
qilish, ba’zi bir qon xastaliklari sabab bo`ladi. Umumiy xastaliklar 
asnosida yuzaga kelgan yallig`lanishga mahalliy sabablar ham qo`shilsa, 
unda milk shilliq pardasidagi o`zgarishlar ancha kuchaygan holda 
namoyon bo`ladi. 
Gipertrofik gingivitning granulyatsiyalanuvchi va fibrozli turlari 
farq qilinadi. 
Xastalikning granulyatsiyalanuvchi turida ba’zan butun milk sathi 
bo`ylab qo`shuvchi tuqima o`sib ketadi va unda ko`p suyuqlik yig`iladi, 
natijada milklar shishib, kattalashadi va tishning toj qismini qoplaydi. 
Bunday o`zgarishlar soxta milk cho`ntaklarini hosil qiladi. To`qimaning 
o`sib, 
gipertrofiyaga 
uchrashi 
hisobiga 
tish-milk 
cho`ntaklari 
chuqurlashadi. Milk so`rg`ichlari to`q qizil tusga kiradi, og`riq sezgisi 
sustrok bo`ladi. Ovqatni tishlash, chaynash paytida, tish tozalanganda, 
ayrim hollarda qonash belgilari kuzatiladi. 


165 
Gipertrofik gingivit fibroz tarzda kechganda, shilliq parda xususiy 
qavat qo`shuvchi to`qimasining o`sishi, unda kollagen tolalar ko`payishi 
va ularning bo`kib, shishishi oqibatida milk alveolyar qismining massasi 
ortadi. Paypaslaganda uning zichligi anchagina oshganligini, ko`zdan 
kechirganda shilliq parda rangining och pushtiligini ko`ramiz. 
Gipertrofiyaga uchragan milk to`qimasining ular o`rab turgan tish 
tojlarini qay darajada qoplaganini nazarda tutib, xastalikning yengil
o`rta va og`ir bosqichlarini aniqlashimiz mumkin. 
Xastalikning granulyatsiyalanuvchi turida milk to`qimasidan 
biopsiya olinib, to`qimada kechayotgan patomorfologik o`zgarishlar 
ko`zdan kechirilganda so`rg`ichlarda suv yig`ilishi, qon tomirlarining 
kengayishi, kollagen tolalarning o`sib ketib bo`kishi kabi hollarni, 
limfoleykotsitar infiltratsiyasini, fibroblast hujayralar soni oshganligi 
(proliferatsiya) ning shoxidi bo`lamiz. 
Xastalik fibroz tarzda kechganda milk shilliq pardasining xususiy 
qavatidagi kollagen tolalarning ko`payishi va yo`g`onlashuvi, epiteliy 
to`qimasida akantoz belgisini (epiteliy qoplami tikanaksimon hujayralar 
qavatining qalinlashuvi), giperkeratoz, hujayralarda vakuolli distrofiya 
sodir bo`lish belgilarini ko`ramiz. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling