Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formalin sinovi.
- Kulajenko usuli.
KPI ni baxolash:
Kodlar 0 - sog`lom parodont, asboblar yordamida tekshirilganda o`zgarishlar aniqlanmaydi; 1 – tish karashi aniqlanadi, zond yordamida tishlar orasida yoki tish koronkalari satxida aniqlanadi; 2 – milklar qonashi, zond yuritilganda aniqlanadi; 3 - tish toshlari, milk usti yoki milk ostida aniqlanadi; 160 4 – parodontoal cho`ntak, zond yuritib aniqlanadi; 5 – tishlar qimirlashi (II-III darajali patologik tish qimirlashi) O`rganiladigan tishlar bo`lmagan taqdirda qo`shni tish atrofidagi parodont tekshiriladi. KPI ko`rsatkichini aniqlash formulasi ∑ ballar KPI=------------- n n- tekshirilgan tishlar soni Tekshirish natijalarini baxolash: 0,1-1,0 – parodont kasalligi boshlanish xavfi mavjud; 1,1-2,0 – kasallikning yengil darajasi; 2,1-3,5 – kasallikning o`rta darajasi; 3,6-5,0 – kasallikning og`ir darajasi. Formalin sinovi. Parodont xastaliklarida klinik cho`ntak yuzaga kelganlitini aniqlashda tarkibida formalin bo`lgan eritmadan foydalaniladi. Bunday eritmani tayyorlash uchun 5 ml 40% li formalin, 20 ml glitserin 100 ml distillangan suvda eritiladi. Klinik cho`ntak bor- yo`qligini aniqlash maqsadida eritma kichik paxta turunda yordamida tish-milk cho`ntagiga oxistalik bilan kiritiladi. Xastalik oqibatida klinik cho`ntak vujudga kelgan bo`lsa, bemorda qiska vaqt mobaynida kuchli og`riq aniqlanadi. Kulajenko usuli. Bu usul yordamida milk shilliq pardasi kapillyar qon tomirlarining turg`unligi, ya’ni ular devorining kengayish va torayish darajasi aniqlanadi. Tomirlarning ana shu xususiyatini aniqlash uchun milk shilliq pardasi sathida qiska vaqtli vakuum hosil qilinadi. Bunday vakuumli zonani hosil qilish uchun xavo so`ruvchi rezina koptokchalar uchiga diametri 6-7 ml bo`lgan shisha naychalar o`rnatilgan asbobdan foydalanish mumkin. Xavosi so`rilgan milk shilliq 161 pardasi sathida ma’lum vaqtdan keyin gematoma hosil bo`ladi. Odatda olingan kurak tishlar atrofidagi milk shilliq pardasida gematoma (qon qo`yilish) belgisi kelib chiqishi uchun 50-60 sekund vaqt ketadi. Parodontit va milk yallig`lanishi jarayonlari mavjud bo`lgan taqdirda vaqt kamayib, gematoma 10-20 sekund mobaynida yuzaga keladi. Bu xol milk shilliq pardasi kapillyarlar devorining turg`unligi susayganligidan dalolat beradi va yallig`lanish jarayonining asosiy belgilaridan biri bo`lib hisoblanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling