158
tashqi ko`rik va og`iz bo`shlig`i ko`rigi;
taxminiy tashxis qo`yish;
maxsus tekshirish usullari bilan tekshirish;
yakuniy tashxis qo`yish;
davolash rejasini tuzish.
Shiller-Pisarev usuli tirik to`qimalarda glikogen yig`ilishini
ko`rsatadi
(yod-kraxmal
reaksiyasiga
asoslangan).
Ma’lumki,
yallig`lanish jarayonida shilliq qavat hujayralarida glikogen moddasi
ko`p yig`iladi.
Biz bu usuldan foydalanib, milk shilliq pardasida
yallig`lanish jarayonining bor-yo`qligi, bor bo`lsa uning ko`lamini
aniqlaymiz. Shiller-Pisarev eritmasi - 1
g yod kristali, 2 g kaliy yodid
tuzi va 40 ml distillangan suvdan iborat. Ko`rsatilgan
eritma paxta
tamponlarga shimdirilib, milk shilliq pardasiga qo`yiladi.
Natijada
shilliq parda to`q qo`ngir-jigarrang tusga kirsa, bu to`qimada
yallig`lanish jarayoni borligini ko`rsatadi.
Tishlarning qimirlash darajasini aniqlash
I darajali likildoqlikda tishlar qisqich (pinset) bilan qisilib, og`iz va
daxliz tomonga harakatlantirilganda, ular tish yoyidan, 1 mm tashqariga
va ichkariga siljiydi.
II darajali qimirlashida esa tishlar og`iz va daxliz hamda medial va distal
tomonga o`z uqidan 1-2 mm ga og`adi.
III darajali liqildoqlikda xastalangan tishlar o`z o`qi atrofida
aylanishining shoxidi bo`lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: