Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   261
Doimiy 
tishlar 
davrida 
parodont 
suyak 
to`qimasining 
shakllanmaganligi 
g`ovak 
suyak 
strukturasi 
va 
qattiq 
suyak 
to`sinchalarining rentgen tasvirda aniq ravshan ko`rinishi va funksional 
holati bilan baxolanadi. 
Yuqori jag` suyagi hamda pastki jag`ning frontal sohasi odatda 
kichik halqali strukturaga ega bo`lsa pastki jag` chaynov sohasi suyagi 
yirik halqali suyak strukturasiga ega bo`ladi. 
Tishlar orasi alveola suyak to`sinining balandligi har xil darajada 
bo`lib, u tishlar shakli va ular orasidagi masofaga bog`liqdir. Odatda 
alveola o`sig`ining cho`qqisi emal – sement chegarasida joylashadi. 
Tremalar mavjud bo`lgan taqdirda emal – sement chegarasidan 
pastroqda ham joylashuvi mumkin. 
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar bolalar yoshida parodont 
tuzilishi, shakllanishi, ma’lum bir yoshga yetguncha muntazam 
o`zgarishda bo`lish qonuniyatining mavjudligini va u aloxida tish, tishlar 
shakllanishi va tish – jag` sistemasi shakllanish dinamikasi bilan bog`liq 
ekanligini ko`rsatadi. 
Parodont to`qimasi majmui vakillari (milk, alveola suyagi, 
periodont, sement) o`zining aloxida tuzilish strukturasi, shakllanish va 
rivojlanish davriga ega bo`lishidan qat’iy nazar, anatomik jihatdan har 
xil to`qima vakili bo`lmasin ularda, anastamozlar shaklidagi qon, limfa 
tomirlar sistemasi, nerv elementlar majmui orqali ularning bir – biri 
bilan umumiy bog`langanligi va oralaridagi chegaralarni yo`qolishiga 
olib keladi. Bu esa parodont to`qimalari majmui patologik jarayonlarda 
mazkur to`qimalarning bir xil javob reaksiyasini ta’minlaydi. Ta’sirot 
parodont to`qimasining qaysi bir elementiga ta’sir etmasin uni sezish va 
unga javob berish barcha strukturalar kompleksining aks – sadosiga 


147 
aylanishi va parodontit sifatida klinik belgilar bilan yuzaga kelishini 
ta’minlaydi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling