Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Doimiy tishlar chiqib bo`lganidan so`ng
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1.2. Parodont boylamining shakllanishi.
Doimiy tishlar chiqib bo`lganidan so`ng bolalar milki
mukammallashgan strukturaga ega bo`ladi va ikki muhim vazifani bajaradi: A) parodont to`qimalarini tashqi muxit ta’siridan ajratib himoya qiladi; V) tarkibida tolali strukturalar mavjudligi va shilliq osti pardasi bo`lmaganligi uning tishlarni mustaxkam ushlab turish vazifasida ishtirokini ta’minlaydi. Milk funksional jihatdan og`iz shilliq qavatining chaynov turiga kiradi; uning yuza qavatini shoxlanuvchi epiteliy hujayralari tashkil qiladi. Milkning tish bo`yin qismini qoplab turuvchi qismi bundan mustasnodir. Bu sohada krevikulyar (sulkulyar), ya’ni milk egatchasining tubini qoplovchi nozik epiteliy qavat mavjuddir. Epiteliyning mazkur turi bolalarning 3 yoshgacha og`iz bo`shlig`ining lunj, o`tuvchi burmasi shilliq qavati singari juda nozik va tez shikastlanadigan bo`ladi. Shuning uchun ham gingivitlarda, ko`pchilik hollarda krevikulyar epiteliyning shikastlanishi ro`y beradi. Shoxlangan 144 qavat bilan himoyalanmagan bu epiteliy mikroorganizmlar bilan va milk egatchasi suyuqligi bilan bevosita aloqador (kontaktda) bo`ladi. Mikroblar ta’siri ostida uning o`tkazuvchanligi oshadi. 6.1.2. Parodont boylamining shakllanishi. Bolalar yoshida parodontal boylamining o`ziga xos xususiyati unda turg`un struktura va shaklning yo`qligidir. Har bir tish atrofidagi periodontal boylamning rivojlanishi tishning follikulyar taraqqiyoti paytidan boshlanadi. Tishning alveola suyagini yorib chiqish paytida, tish xaltasi qo`shuvchi to`qimasining tolali strukturasi milk kollagen tolalari bilan qo`shilib tolalar majmuini hosil qiladi. Bu tolalar majmui tish og`iz bo`shlig`iga yorib chiqqunicha paydo bo`lib, funksional okkulyuziyagacha davom etadi. T. F. Vinogradova periodont to`qimasi tarqqiyotini 7 davrga bo`ladi: Sut tishlari davrida: 1. jag` suyagi ichidagi taraqqiyot; 2. tishlarning yorib chiqishi; 3. sut tishlari periodonti va ildizining o`sishi va shakllanishi; Tishlar almashinuvi davrida: 4. sut tishlari ildizining so`rilishi; 5. jag` suyagi ichida doimiy tishlarning shakllanishi; 6. doimiy tishlarning chiqishi; Doimiy tishlar chiqib bo`lganidan so`ng: 7. doimiy tishlar ildizlarining o`sishi va periodont to`qimasining shakllanishi. Uch yoshdan boshlab shakllangan periodontda zixer o`rami deb ataluvchi tolalar o`rami paydo bo`lishi kuzatiladi, bu esa periodontning vertikal o`sishiga moslashganidan darak beradi. Zixer tolalari tutami yangi paydo bo`lib, tish o`qiga parallel ravishda o`sib, oraliq tutam o`ramini hosil qiladi. Tishlar almashinuvi davrida (9 yosh) bu tutam tolalari o`z yo`nalishini o`zgartirib, tish o`qiga nisbatan 45 0 burchakni hosil qiladi va tish bo`yin qismidan (tepadan), ildiz qismiga (pastga) qarab yo`nalgan bo`ladi. Bu tolalar doimiy tishlar qatorida 14 yoshgacha 145 kuzatilsada, juda keskin kamayib ketgan bo`ladi. Mazkur tolalar o`rnini boshqa xil kollagen toalalar egallab oladi. Bu esa parodontning tolali strukturasini yetilganligi, mukammallashganligidan dalolat beradi. Frontal tishlar sohasida parodontal boylam yupqa, nozikroq tolali karkas hosil qilsa, chaynov tishlar sohasida qalinrok, zichroq karkas hosil qiladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling