Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bolalar yoshida parodont suyak to`qimasining struktura


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   261
6.1.3. Bolalar yoshida parodont suyak to`qimasining struktura 
tuzilishi. 
Sut tishlari davrida parodont suyak to`qimasi rentgenologik 
jihatdan shakllanayotgan suyak sifatida elementlarga boy bo`lmaydi. 
Rentgen tasvirlarda faqat suyak chambarak plastinkalarining doimiy 
tishlar follikulalarini o`rab turganligi ko`rinadi. Sut tishlar periodontini 
chegaralab turgan kompakt suyak plastinkasi va minerallashgan suyak 
to`qimalarigina 
aniq 
ko`rinadi. 
Suyak 
tasviri 
yirik 
halkali, 
mukammallashmagan. Bosim tushadigan sohalarda joylashgan asosiy 
suyak to`sinlari yaxshi ko`rinmaydi. Bolalarda va o`smirlarda barcha 
tishlar periodonti tirqishlari 2 marta kengrok bo`ladi. Kortikal kompakt 
plastinkalar ancha kengroq, lekin zichligi patroq, shuning uchun yaxshi 
ilg`ab bo`lmaydi. (tasvir). 
Sut tishlarining almashinuv davrida chiqayotgan tish alveola 
suyak o`sig`i shu tish tomon qiyalatib kesilganga o`xshab chiqib bo`lgan 
va chiqayotgan tishlar emal – sement chegarasi balandligida turadi. 
Natijada tishlar bo`yin va chiqayotgan tish toj qismida kengaygan 
periodont bo`shlig`i mavjud bo`lib ko`rinadi. Tishlar chiqib bo`lgandan 
so`ng tishlar orasidagi alveolyar o`siqning cho`qqi qismi har xil shakl 
ola boshlaydi. YEtti yoshdan so`ng alveola suyak cho`qqisi o`tkir qirra 
sifatida, dumaloq, yassi, trapetsiya shaklida bo`lishi mumkin. Bunday 
holat bolalar yoshida fiziologik o`zgarishlar natijasi bo`lib, jag` 
suyagining o`sishi, fiziologik diastema va tremalarning hosil bo`lishi 
bilan bog`liqdir. 
Tishlar orasi alveola suyak cho`qqisi va kompakt plastinkasining 
shakllanishi, oxaklashuvi bir xil guruxga kiruvchi tishlarda: frontal 


146 
gurux tishlar uchun ildiz cho`qqisi shakllanib bo`lgandan so`ng 8-9 
yoshda, chaynov gurux tishlari uchun 14-15 yoshda tugallanadi. 
Ildizlari shakllanmagan tishlar oralig`idagi alveola suyagida suyak 
to`sinchalarining bo`lmasligi parodont suyak to`qimasining mukammal 
shakllanmaganligidan, mineralizatsiya davom etayotganligidan dalolat 
beradi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling