Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Parodont to`qimasi tasvirini rentgen nurlari yordamida o`rganish
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 59-rasm. Pastki jag` tishlar alveolyar o`sig`ida destruktiv, osteoporoz o`zarishlar. Panoram rentgen tasviri.
- 6.7. Milklarning surunkali kataral yallig`lanishi
Parodont to`qimasi tasvirini rentgen nurlari yordamida o`rganish
Bugungi kunda parodont to`qimasining rentgen tasviri quyidagi usullar yordamida o`rganiladi va baxolanadi. 1) og`izning ichki tomonidan; 2) jag` ustki tomonidan; 3) panoram rentgen tasviri; 4) ortopontomograf tasvir (yuz-jag` to`qimalarining qavatma-qavat tasviri); 5) telerentgenograf tasvir; 6) elektrorentgenograf tasvir. Bolalarda parodont to`qimasining tasvirini olishda og`iz ichidan (57,58- rasmlar) va panoram (59-rasm) usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Rentgen tasvirida parodont to`qimasidagi o`zgarishlar g`alvirsimon suyak to`qimasida, tishlar orasidagi alveolyar suyak o`sig`ining cho`kqilarida destruktiv jarayonlar va osteoporoz (suyak to`qimasi strukturasining siyraklashuvi) singari belgilarning kuzatilishi bilan baxolanadi (59-rasm). 59-rasm. Pastki jag` tishlar alveolyar o`sig`ida destruktiv, osteoporoz o`zarishlar. Panoram rentgen tasviri. 162 Suyak to`qimalaridagi destruktiv buzilish jarayoni to`rt bosqichdan (boshlang`ich, I, II, III) iborat. Jarayonning boshlang`ich bosqichi alveolalar o`rtasidagi suyak to`sinchalarning qisman yoki to`liq destruksiyasi bilan harakterlanadi. Bunda to`sinchalar cho`qqi qismida suyak destruksiyasi bo`lmasligini yoki yengil osteoporoz o`zgarishlarni kuzatish mumkin. Agar suyak to`qimasining destruksiyasi yoki osteoporozi to`sinchalarning 1/3 qismida kuzatilsa, xastalik I darajali, 2/3 qismida kuzatilsa II darajali, 2/3 qismdan ko`prog`ida bo`lsa xastalikning III darajali jarohatlanganligini bilish mumkin. (57- rasm). 6.7. Milklarning surunkali kataral yallig`lanishi Keltirib chiqargan sabablarga ko`ra, mahalliy (chegaralangan) va diffuz (keng tarqalgan) bo`ladi. Malalliy milk yallig`lanishlari asosan mahalliy noxush ta’sirotlar oqibatida yuzaga keladi. Noxush ta’sirotlardan mikrobli blyashkalar, tish toshlari, kariyes kovagining o`tkir qirralari, osilib turuvchi plombalar, ortodontak vositalar, metall yoki plastmassadan tayyorlangan tojlar, shuningdek tishni davolash jarayonida ishlatiluvchi kimyoviy moddalarning (mishyak, formalin) milkka tushishi shular jumlasidandir. Diffuz yallig`lanish hazm sistemasining bir qator xastaliklarida (surunkali dizenteriya, gepatit, xoletsistit, surunkali kolit), organizmda kislorod tanqisligida (yurak-qon tomir xastaliklari), markaziy asab sistemasi kasalliklarida, balog`at yoshidagi ichki sekretsiya bezlari faoliyatining o`zgarishida, S vitamini tanqisligida va surunkali yuqumli xastaliklarda yuzaga keladi. Bayon qilingan kasalliklar organizmning, jumladan parodont to`qimasining mikroblarga nisbatan turg`unligini susaytiradi.(43-rasm) Shuning uchun bu xastaliklarda kelib chiqqan surunkali milk yallig`lanishini umumiy belgilar sifatida nazarda tutish lozim va uni bartaraf qilishda mahalliy choralar bilan birgalikda asosiy kasallikni aniqlab, davo tadbirlarini qo`llash zarur. Surunkali milk yallig`lanishida bemorda shikoyat bo`lmasligi mumkin. So`rab-so`rishtirilganda og`izda noxush ta’m borligini, noxush hid paydo bo`lganligini, axyon-axyonda ovqat chaynash paytida milk qonaganligini va sezilar-sezilmas og`riq paydo bo`lishini aniqlaymiz. 163 Bunday bemorlarda xastalikning boshlanish davrida milk so`rg`ichlarining shishganligini, keyinchalik esa ularning hajmi oshib, gipertrofiya belgilari paydo bo`lganini, ba’zan milk qirg`oq qismida shish belgilari, suv yig`ilishi hollarini ko`ramiz. Milk shilliq pardasining tusi o`zgarmasligi mumkin, biroq so`rg`ichlar paypaslanib sekin bosilganda qonash belgilari kelib chiqishi xususiy xol bo`lib hisoblanadi. Bunday hollarda vazoparez (tomirlar devoridagi elastiklik xususiyatining keskin pasayishi) simptomi kuzatiladi. Yallig`langan milk sathiga to`mtoq uchli asbob bilan bosilganda hosil bo`lgan iz juda sekinlik bilan yo`qoladi. Xastalikning keyingi - ikkinchi davrida shishinqirab, hajmi oshgan milk so`rg`ichlari va qirg`oq shilliq pardasi ko`kimtir tusga kiradi, qon oqishi kamayadi. Yallig`lanish jarayoni asosiy xastalikning qaytalanishi bilan yana o`tkirlashadi.(64,65-rasmlar) Surunkali kechuvchi gingivit qaytalanib o`tkirlashganda milkda og`riq paydo bo`ladi, qon oqishi kuchayadi, yallig`langan milk sathi shishadi va qizaradi, milk-tish cho`ntagida serozli ekssudat ko`payadi. Tekshirilib ko`rilganda so`lak tarkibida leykotsitlarning ko`chib tushgan epiteliy hujayralari sonining oshganligini (Yasinovskiy sinamasi) va milk sathida gematoma (qon qo`yilishi) hosil bo`lish vaqti qisqarganligining (Kulajenko sinamasi) guvoxi bo`lamiz. Bemorning umumiy ahvolida o`zgarish kamroq kuzatilsada, yengil bexollik va subfebril tana harorati qayd etiladi. Patomorfologik (to`qimada me’yordan chetga chiqish hollari) o`zgarishlardan shilliq parda epiteliysining ko`plab ajralishi (deskvamatsiya), qalinlashuvi (parakeratoz), limfo-leyko-plazmotsitar infiltrgatsiyasi, to`qimada suv yig`ilishi va kollagen tolalarning bo`kishi kabi belgilar aniqlanadi. To`qimada bunday o`zgarishlarni ko`rish uchun milk so`rg`ich qismidan kesib olinib (biopsiya), gistologik preparat tayyorlanadi va mikroskop ostida ko`riladi. Biopsiyadan tayyorlangan preparatlar maxsus bo`yoqlar bilan bo`yalganda, to`qimada glikogen moddasining ko`plab yig`ilishini, semiz hujayralar sonining oshganligini va oqsil-mukopolisaxarid birikmasining o`zgarganligi ma’lum bo`ladi. Bu xil patomorfologik o`zgarishlar milk to`qimasida surunkali 164 yallig`lanish jarayoni kechayotganligidan va bu jarayonning o`tkirlashganligidan dalolat beradi. Surunkali milk yallig`lanishini parodontit xastaligidan osonlik bilan farqlab ajratish mushkullik tug`dirmaydi. Parodontit xastaligidan farqli o`laroq, gingivitlarda klinik yoki parodontal cho`ntaklar hosil bo`lmaydi. Rentgen tasvirida tishlarni o`rab turgan alveolyar suyak to`qimasida o`zgarishlar qayd qilinmaydi. Surunkali kataral milk yallig`langanda tezda milk shilliq pardasidagi belgilar yo`qolib, milk dastlabki holiga qaytadi. Asosiy xastalikni aniqlash va davo tadbirlarining o`z vaqtida amalga oshirilmasligi oqibatida parodontit xastaligi rivojlanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling