Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   261
6.9. Parodontoliz. 
Parodontoliz - bu bolalar o`rtasida onda-sonda uchraydigan
parodont to`qimasida distrofik va yallig`lanish jarayonlarini namoyon 
qiladigan va doimo diffuz tarzda kechadigan parodont xastaligidir. 
Parodont to`qimasining og`ir va juda tez sur’atlar bilan kechadigan bu 
xastaligi ko`p hollarda organizmdagi tug`ma sindromlarning yo`ldoshi 
tarzida yuzaga keladi. Parodontoliz xastaligida milklarning u yoki bu xil 
yallig`lanishi bilan bir qatorda, chuqur parodontal cho`ntaklar, alveolyar 
suyak o`sig`ining distrofik yemirilishi oldin sut tishlari sohasida, 
keyinchalik esa xastalikning uzluksiz davom etishi natijasida doimiy 
tishlar sohasida kuzatiladi. Xastalik shiddatli ravishda rivojlanib, tez 
orada tishlarning erta tushib ketishiga olib keladi. 
Parodontoliz bolalarda juda erta uchraydi va hamma bop tishlar 
parodont to`qimasida keng tarqaladi. 
Klinik kechishining sur’ati barcha tishlarda bir xil bo`lmasligi 
mumkin. Bu xol har xil gurux tishlar ildizini o`rab turuvchi alveolyar 
suyak to`qimasining anatomik tuzilishi va yoshga qarab uning 
strukturasining o`zgarishi bilan bog`liqdir. Bundan tashqari tishlarga o`z 
faoliyati paytida tushadigan bosimning turliligi va mahalliy noxush ta’sir 
qiladigan sabablarning mavjudligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Patomorfologik o`zgarishlardan parodont to`qimasida sodir 
bo`ladigan distrofik yallig`lanish va degeneratsiya (struktura buzilishi) 
jarayonlari asosiy o`rinda turadi.(67-rasm) 
Parodontoliz 
xastaligi 
bolalarda 
qandli 
diabet, 
tug`ma 
neytropeniya, immunologik tanqislik, Daun xastaligi, keratodermiya 
(Papiyon-Lefevr sindromi) va sklerodermiya (Xend-SHyuller-Krischen 
xastaligi) kabi kasalliklar mavjudligida kuzatiladi. 


169 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling