Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Gipertrofik gingivitda o`sib, kattalashgan milk so`rg`ichlari
sklerozlashtiruvchi muolajalar yordamida bartaraf etiladi. Buning uchun yallig`langan milk to`qimasiga 60% li glyukoza eritmasidan yoki boshqa bir sklerotik ta’sirta ega bo`lgan moddalardan 0,2-0,3 ml miqdorda 3-4 kun oralatib 5-6 marta in’eksiya yo`li bilan yuboriladi. Bunday muolajalar yosh bolalarda kuchli og`riq sezgisini paydo qilishi mumkin. Shularni nazarda tutgan holda, o`sgan milk so`rg`ichlarini uch xlorli sirka kislotasi bilan kuydirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday muolajani o`tkazish uchun pastki jag` tishlarining daxliz va og`iz qismi sathlari yumshoq paxta bolishchalar (valiklar) bilan muxofaza etiladi. Chap qo`l bilan paxta bolishchalar tutib turiladi. O`ng qo`ldagi qisqichga qistirilgan, uchxlorli kislotaning 30% li eritmasida ho`llangan paxta tamponchalar o`sgan milk so`rg`ichlariga bosib - bosib olinadi. Milk so`rg`ichlarining to`qimalari kuyishi natijasida ular oppoq tusga kiradi. Muolajadan keyin 2-3 kun o`tgach kuyish natijassda nekrozga uchrab o`lgan to`qima ajralib tushib, tez kunlarda asoratsiz bitib ketadi. Ostki qavat qo`shuvchi to`qimasida qattiqlashgan sklerotik to`qima hosil bo`ladi. Granulyatsiyalanuvchi to`qima hisobiga milk so`rg`ichlari o`sib ketsa, yuqorida bayon qilingan muolaja 4-5 marta 3-4 kun oralatib takrorlanadi. Yallig`lanish jarayonini vujudga keltirgan sabablar aniqlanib, bartaraf etilsa, muolaja natijasi turg`un bo`lib qoladi. Gipertrofik gingivitlarda qo`shimcha fizioterapevtik tadbirlarni o`tkazish bemor ahvolini yengillashtiradi va milklar shilliq pardasining tezda o`z holiga kelishiga olib keladi. Buning uchun milklarga geparinning 1 ml da 5000 TB bo`lgan preparatidan, lidazadan elektroforez va uchqun razryadli darsonval muolajalarini buyurish foydalidir. Gipertrofik gingivitlarning turg`un fibrozli shakllarida jarroxlik yo`li bilan jarayonni bartaraf etish lozim. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling