Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Kataral gingivitning o`rtacha og`ir shaklida, gipertrofik


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   261
6.10.1. Kataral gingivitning o`rtacha og`ir shaklida, gipertrofik 
gingivit va parodontitning boshlanish davrida amalga oshirishi 
lozim bo`lgan davolash muolajalar hamda tadbirlari. 
Bunday xastaliklarga uchragan bolalarning tishlari yuzasida, milk 
usti 
va 
ostida 
toshlar 
paydo 
bo`lishi 
bilan 
bir 
qatorda 
granulyatsiyalanovchi to`qima shakllangan bo`ladi. 
Bemorning shifokorga birinchi murojaati paytida tishlar yumshoq 
karash va toshlardan tozalanadi, granulyatsiyalanuvchi to`qimalar kurak 
tishlar atrofidan soqit qilinadi. Ota-onalari va bemor bolaning o`ziga tish 
tozalash qoidalari o`rgatiladi. 
Ikkinchi murojaat (qatnov) paytida qolgan tishlar atrofi 
granulyatsiyalanuvchi to`qima va milk osti toshlaridan bartaraf etiladi. 
Parodont xastaliklarini davolashda granulyatsiyalanuvchi to`qimani 
ajratib olib tashlash (kyuretaj) va toshlardan tozalash juda muhim 
ahamiyatga egadir. 
Ana shu muolajalarni o`tkazish paytida va undan keyin milklarni 
davolash, qon oqishini to`xtatish maqsadida gidrokortizon emulsiyasi va 
na’matak moyidan baravar miqdorda olinib, rux oksidi kukunidan pasta 
hosil bulgungacha aralashtirib, hosil bo`lgan pastani jarohatli milk ustiga 
2-3 soat mobaynida qo`yiladi (ozgina suvli dentin aralashtirilgan bunday 
massa tezda qotadi va bir necha soat mobaynida saqlanib turadi) 
geparinli malhamning suvli dentinli aralashmasi ham ko`ngildagidek 
natija berib, qon oqishini tezda to`xtatadi va milk-tish cho`ntagi 
jarohatining tezda tiklanishiga olib keladi. 
Bemorning uchinchi, to`rtinchi qatnovida og`iz bo`shlig`i 
gigiyenasining darajasi nazorat qilinib, milk osti toshlarining qoldiqlari 
tozalanadi, kerak bo`lgan joylarda kyuretaj muolajasi takrorlanadi. 
Muolaja jarohatlangan milk tish sohasiga yallig`lanishni susaytiruvchi
qon oqishini to`xtatuvchi malxamlar surtish bilan tugatiladi 
O`tkazilgan muolajalar ta’sirini turg`unlashtirish maqsadida milk 
shilliq pardasiga gidro-vibro vakuumlar buyuriladi. Simptomatik davo 
muolajalari davrida 3-4 hafta mobaynida askorbinat kislotasini (0,05-0,1 


179 
g) rutin preparati bilan birgalikda (0,2, 0,5, 0,6 g) kuniga 3 martadan 
ichish uchun buyuriladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling