Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar: 1. Surunkali milk yallig`langanda va parodontit xastaligida parodont to`qimalaridagi klinik belgilar va rentgen tasviri ma’lumotlari haqida gapirib bering. Bu ikki xil xastalik bir biridan qanday ajratiladi? 2. Gingivit va parodontitning chegaralangan tarzda kechishining sabablari nimalardan iborat? 3. Diffuz tarza kechadigan parodontit va gingivit sabablari to`g`risida gapirib bering. 4. Og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga rioya qilmaydigan maktab bolalarida gingivitning qaysi bir turi ko`proq rivojlanadi? 5. Lab va til tizimchalarining kaltaligida qanday gingivit rivojlanadi? 6. Tishlar chuqur kiyishganda va ochiq tishlar holatida 12 – 14 yashar bolalarda kuzatiladigan gingivit turi to`g`risida gapirib bering. 7. Parodontoliz qanday xastaliklar oqibatida paydo bo`ladi? 177 8. Qaysi yoshdan boshlab bolalarda parodontoliz xastaligida suyak to`qimasida struktur buzilishlar boshlanadi? 9. Parodontoliz xastaligining klinik belgilari haqida gapirib bering. 10. Rentgen tasviridagi parodontolizga xos o`zgarishlar nimalardan iborat? 6.10. Parodont xastaliklarini davolashning o`ziga xos xususiyatlari Parodont xastaliklarida o`tkaziladigan davo chora-tadbirlari ko`p qirrali bo`lib, mahalliy va umumiy harakterga ega. Agar xastalikni chaqiruvchi sabablar mahalliy xususiyatga ega bo`lsa, bemor bolalar stomatologik poliklinikalarda va kasalxonalarda davolanishadi. Bunda, asosan xastalik sabablarini aniqlab, ular bartaraf qilinadi, og`iz bo`shlig`i sanatsiyasi o`tkaziladi, bolalarga og`iz bo`shlig`i gigiyenasi qoidalari o`rgatiladi, tishlar yuzasi karashlar va toshlardan tozalanadi Ortodont-shifokor tomonidan tishlar va jag`larda uchraydigan anomal holatlar, noto`g`ri ortodontik konstruksiyalar ta’siri bartaraf etiladi jarrox shifokorlar mahalliy sabablardan: til, lab tizimchalaridagi anomaliyalarni bartaraf etish muolajalarini, og`iz daxlizini chuqurlashtirish kabi jarroxlik tadbirlarini amalga oshirishlari lozim. Ichki a’zo va sistemalar xastaligi oqibatida yuzagz kelgan parodont to`qimalaridagi o`zgarishlar sababini pediatrlar, endokrinolog- shifokorlar, psixiatrlar, gematolog-shifokorlar bilan birgalikda bartaraf etish zarur. Bunday xastaliklarda stomatolog-shifokorlar mahalliy simptomatik muolajalarni amalga oshiradilar. Kataral milk yallig`lanishining yengil shaklida maxsus davo chora- tadbirlari qo`llanilmaydi. Xastalikning kelib chiqishiga og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga muntazam amal qilmaslik sabab bo`ladi Shu sababli gigiyena qoidalariga muntazam rioya qilishga o`rganish mos keladigan tish cho`tkasi va pastalardan to`g`ri foydalanish xastalikni bartaraf etishga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling