186
v
) Shifobaxsh o`simliklar mevasi urug`idan olinadigan moylar (oliva
moyi, na’matak moyi, oblepixa moyi)xam stomatologiya amaliyotida
to`qimalar regeneratsiya qobiliyatini oshiruvchi, epetelizatsiyani
kuchaytiruvchi moddalar sifatida keng qullaniladi. Mazkur moylar
shifobaxsh boylamlar tayerlashda qovushtiruvchi sifatida ishlatilsa,
samarasi yuqori bo`ladi.
7) Bakterial va mikrobli yallig`lanishga qarshi:
Bugungi kunda keng ishlatiladigan
gel shaklidagi, malxam
shaklidagi antibakterial vositalardan: solkoseril, kamistad gel, mitrogel
denta, parodium va boshkalar milk yallig`lanishida yaxshi samarali
xisoblanadi.
8) Immunomodulyatorlar:
Ba’zan organizmning reaktivlik, immunologik quvvati past,
nimjon, kasalmand bolalarda, ularning ximoya kuchini oshirish
maqsadida pediatrlar bilan maslaxatlashgan xolda timolin, timogen,
taktivin, levamizol, immunal, immudon kabi preparatlarni tavsiya etish
xam maqsadga muvofiq xisoblanadi