Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bob. OG`IZ BO`SHLIG`I SHILLIQ QAVATI


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   261
7 Bob. OG`IZ BO`SHLIG`I SHILLIQ QAVATI 
KASALLIKLARI. 
Stomatologiya amaliyotida «stomatitlar» atamasi og`iz bo`shlig`i 
shilliq qavati rang-barang kasalliklarining umumlashgan tushunchasi 
bo`lib, aniq biror - bir kasallikni aynan bildirmaydi. 
Og`iz bo`shlig`i shilliq qavati hazm qilish sistemasining 
boshlang`ich sohasi bo`lganligi sababli, bola tug`ilishi bilanoq turli 
mahalliy ta’sirotlar ta’siriga uchraydi. Bundan tashqari o`zining 
vazifalarini bajarish bilan birgalikda organizmda kechayotgan umumiy 
noxush jarayonlarning belgilarini ham o`zida aks ettirdi. Bunday holat 
og`iz bo`shlig`i shilliq qavatini organizm ichki dunyosining oynasi deb 
baholashda, ko`pgina hollarda to`g`ri deb tan olingan. 
Yuqoridagi fikrlarni hisobga olgan holda, og`iz bo`shlig`i shilliq 
qavatidagi o`zgarishlar va kasallik belgilarini tahlil qilish paytida 
stomatolog-shifokor shilliq qavatga ta’sir ko`rsatayotgan mahalliy 
sabablar 
bilan 
birgalikda 
organizmda 
kechayotgan 
umumuiy 
jarayonlarni ham albatta inobatga olmog`i zarur. 
Og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklari barcha yoshdagi 
kishilarda uchraydi. Lekin bolalarda kechadigan bunday kasalliklar 
o`zining o`tkir kechishi, tez rivojlanishi va organizm umumiy ahvolining 
o`zgarishi bilan harakterlanadi. Bunday hollarda bolaning kechinmalari 
(anamnez) va ota-onalar bayon qilgan fikrlarni sinchiklab eshitib 
umumlashtirmoq, 
pediatrlar, 
infeksionistlar, 
nevropatologlar, 
endokrinologlar kabi mutaxassislar fikrini bilmoq maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Bundan tashqari, qo`shimcha tekshirishlar (bioprobalar, 
sitologik tekshirishlar, biopsiya va boshqalar) o`tkazib, ularning 
natijalarini to`g`ri tahlil qilish kasallikka to`g`ri tashxis qo`yishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ba’zi bir kasalliklar faqat bolalar yoshiga mansubdir. Bularga bir 
yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydigan tanglay yarasi (Bednar aftasi) 
yoki ko`pchilik hollarda bolalardagina qayd qilinadigan o`tkir gerpetik 
stomatit, og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining qizamiq, qizilcha (skarlatina) 
va difteriya (burma) kasalliklaridagi shikastlanishlar misol bo`la oladi. 


191 
Shu bilan birgalikda stomatologiya amaliyotida bolalar yoshida 
uchraydigan leykoplakiya, haqiqiy (chin) po`rsildok kabi xastaliklar 
shilliq qavat jarohatlanishlari hisoblanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling