Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   261
Xujayra elementlari: plazmatik hujayralar, limfotsitlar, semiz 
hujayralar, fibroblastlar, makrofaglar, gistiotsit uchraydi. 
Og`iz shilliq pardasida maxsus tekshirishlar natijasida anotomik 
va fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib uch soha borligi qayd 
qilinadi: qoplovchi soha, chaynov sohasi va maxsus strukturaga ega 
bo`lgan soha: 
1. Qoplovchi sohaga – lab, lunj, o`tuvchi burmalar, og`iz 
bo`shlig`ining tubi, yumshoq tanglay kiradi. 
2. Chaynov sohasiga – milk va qattiq tanglay shilliq qavati kiradi. 
3. Maxsus strukturali soha – bu til usti shilliq pardasi. 
Qoplovchi shilliq pardada epiteliy shoxlanishi uchramaydi, 
shilliq osti qo`shuvchi pardasi yaxshi rivojlangan. 
Chaynov shilliq pardasida epiteliy qavati shoxlanuvchi bo`lib, 
shilliq osti parda bo`lmaydi va u xususiy qavat orqali suyak usti 
pardasiga birikadi. 
Maxsus shilliq pardada ko`plab nerv oxirlari sezish qobiliyatiga 
ega bo`lgan maxsus so`rg`ichlar sifatida shakllangan: ipsimon, 
zamburug`simon, tarnovsimon, bargsimon. 
Bolalarda ularning yoshini oshib borishi bilan og`iz shilliq 
pardasida gistologik va gistoximik o`zgarishlar kuzatiladi. 
Maxsus tekshirishlar bunday o`zgarishlarni asosan uch davrda 
yaqqol ko`zga tashlanishini ko`rsatadi: 
1. Tug`ilgandan 1 yoshgacha (chaqaloqlik, ko`krak davri). 
2. 1 yoshdan – 3 yoshgacha – erta bolalik davrida. 
3. 4 yoshdan – 12 yoshgacha – birlamchi va ikkilamchi bolalik 
davrida. 
Chaqaloqlik davrida shilliq pardaning umumiy tuzilishi bir xil. 
Faqat bu davrda epiteliy qavat va shilliq osti parda juda yupqa va nozik, 
hujayralar va tolalar sistemasi takomillashmagan. 
Shilliq parda epiteliysi glikogen va RNK ga boy. Qo`shuvchi 
to`qima va epiteliyda mukopolisaxaridlar ko`p. Shilliq osti qo`shuvchi 


193 
to`qimada takomillashmagan hujayralar ko`p bo`lib, ular asosan 
fibroblastlar, gistiotsit va limfotsitlardan iborat. Plazmatik hujayralar va 
labrotsitlar juda kam. 
Yuqorida ko`rsatilgan holat shilliq pardaning nozikligidan, 
ta’sirotlarga chidamsizligi, yengil jarohatlanishi bilan birgalikda yuqori 
tiklanish – regeneratsiya qobiliyati borligini ko`rsatadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling