Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Shilliq pardaning qo`shuvchi to`qimali asosida
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 yoshgacha bo`lgan bolalarda
Shilliq pardaning qo`shuvchi to`qimali asosida limfogistiotsitar
elementlar oshib, tomirlar atrofini o`rab oladi va perivaskulyar infiltratsiya hosil qiladi. Limfogistiotsitar hujayralar to`plamini hosil bo`lishida bugungi kun adabiyotlarida oqsil almashinuvi va immunologik siljishlar sabab bo`lishi mumkin deb tushuntiriladi. Shu bilan birgalikda hujayralar to`plami antitelolar va maxsus globulinlar ishlab chiqarishi ham nazarda tutiladi. Bu jarayonda asosiy rolni limfotsitlar va plazmatik hujayralar o`ynaydi. Labrotsitlar soni esa erta bolalik davriga nisbatan kamayadi, biroq ularning faollik darajasi ancha oshib, sitoplazmasida geparin mahsuloti yig`ila boshlaydi. Geparin moddasi biologik aktiv bo`lib, himoya vositasi to`qima va qonda ajralib chiquvchi proteolitik va mukolitik fermentlarni neytrallab normallashtirib turadi. Shu bilan birgalikda to`qima metobolizmini tiklaydi. Bundan tashqari geparin kuchli allergik reaksiyalar hisoblanmish Artyus va SHvarsman fenomenlarini sekinlashgan antitoksik faktor sifatida tormozlaydi. Yuqorida bayon qilingan gistologik o`zgarishlar 8-12 yoshli bolalar organizmida o`tkir yallig`lanish jarayonlari ko`pincha surunkaliga aylanib ketishini ta’minlaydi. 195 Shunday qilib bayon qilingan gistofiziologik o`zgarishlarni bolalikning uch davriga nisbatan taxlil qiladigan bo`lsak va bu manzaralar bilan shu davrlarda bolalarda uchraydigan kasalliklar o`rtasidagi yoki salomatlik darajasi o`rtasidagi bog`lanishni tushunish uchun quyidagilarga e’tibor berilishi kerak: 1 yoshgacha bo`lgan bolalarda: shilliq parda nozik, yupqa, yengil jarohatlanadigan, shilliq osti parda strukturasi takomillashgan, hujayralar glikogen va RNK ga boy, to`qimalarda yetuk oqsil va mukoid moddalar mavjud. Shuning uchun 1 yoshgacha bo`lgan bolalar og`iz shilliq pardasi virusli va mikrobli, bakterial kasalliklarga nisbatan turg`un bo`lishi bilan bir qatorda mexanik travma (til osti yarasi, Bednar yarasi va x.k.), hamda zamburug`lar chaqirishi mumkin bo`lgan (og`iz oqarishi-molochnitsa) kasalliklarga moyildir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling