Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Og’iz bo’shlig’ida kasalliklar chaqiruvchi mikroflora
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Og’iz bo’shlig’ida kasalliklar chaqiruvchi mikroflora Odontogen yallig’lanish deb, tishlarning orasida va atrofida joylashgan to’q’imalarning yallig’lanishiga aytiladi. Kariес jarayoni mikroblarning dentin kanali orq’ali pulpaga tushishiga imkon yaratadi va pulpada avvaliga o’choq’li, keyinchalik esa tarq’algan (diffuz) pulpitning rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Mikroblar va ularning hayot faoliyati mahsulotlarining yanada tarq’alishi natijasida periodontit kelib chiq’adi, so’ngra yallig’lanish jarayoni suyakkacha tarq’alib, avval periostit, keyin esa osteomielit rivojlanadi. Agar 197 yallig’lanish yumshoq’ to’q’imalargacha tarq’alsa, jag’ oldi absessari va flegmonasi yuzaga keladi. Patologik jarayonning rivojlanishi uchun mikroblarda virulentlik omillari mavjud bo’lishi lozim. Yiringli yallig’lanishlarni rivojlantirishda yuq’ori invazivlik xususiyatiga ega bo’lgan q’o’zg’atuvchilar katta rol o’ynaydi. Odontogen jarayonlarning mahalliy (pulpit, periodontit, alveolit, absess) va tarq’algan, ya’ni generalizastiyalashgan (flegmona, osteomielit, sepsis) shakllari farq’lanadi. Pulpit — bu тож yoki ildiz pulpasida kechadigan o’tkir yoki surunkali yallig’lanish jarayonidir. Sog’lom pulpa periodont to’q’imasini turli xil zararli omillardan himoya q’iluvchi biologik to’siq’ hisoblanadi. O’tkir pulpit avvaliga o’choq’li xarakterda bo’lib, seroz yallig’lanish ko’rinishida kechadi. Bunda ko’pincha “yashil” streptokokklar (q’onli agarda yashil rangdagi a- gemoliz hosil q’iladigan) va nogemolitik D guruhi streptokokklari (enterokokklar), laktobakteriyalar (1-a,b rasmlar) topiladi. O’tkir seroz pulpit yaxshi davolanmasa yiringli pulpitga o’tadi, bunda peptostreptokokklar, F va G guruhining alfa- va betagemolitik streptokokklarini ajratib olish mumkin bo’ladi. O’tkir pulpit surunkaliga, to’q’imalar nekrozida esa – gangrenoz pulpitga o’tadi. Pulpitning bu shaklida nekrozga uchragan pulpadan juda ko’p miq’dorda anaerob bakteriyalar: peptostreptokokklar, mikroaerofil streptokokklar, bakteroidlar, spiroxetalar, aktinomistetlarni ajratib olish mumkin. Bularga chirituvchi bakteriyalar – klostridiyalar ham q’o’shilishi mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling