Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   261
 
 
a) 

 
b) 
 
3-rasm. Bakteroid (a) sof kulturasi va yiringdagi streptokokklar (b). 
Har bir odamda immun javob irsiyatga asoslangan. Asosan bu, ba’zi 
rezident mikroblarning AG lariga nisbatan sust immun javobga ega 
bo’lgan odamlarga tegishlidir. Surunkali gangrenoz pulpitlar, surunkali 
periodontitlar 
(granulematoz), 
parodontit, 
surunkali 
perikoronit, 
surunkali osteomielit og’iz bo’shlig’ining surunkali odontogen infeksiya 
o’choq’lari hisoblanadi. 
Surunkali odontogen yallig’lanishning rivojlanishida q’uyidagi 
o’zgarishlar kuzatiladi: infeksiya o’chog’idan mikroblar tarq’aladi. 
Tishlarni tozalash, kyuretaj q’ilish, tishlarni olish, tishlar implantastiyasi, 
og’iz bo’shlig’ida ortopedik va ortodontik moslamalarni o’rnatish kabi 
muolajalar q’isq’a vaq’t davom etuvchi bakteriemiyaga olib kelishi 
mumkin. Bundan tashq’ari, og’iz bo’shlig’idan mikroblar og’ir nekrotik 
gingivitlar va stomatitlarda, absesslar hosil bo’lganda patologik milk 
cho’ntakchalaridan, nekrotik pulpitlarda ildiz kanallaridan, surunkali 
periodontitda kistalar va granulyastiyalardan q’onga o’tishi mumkin. 
Organizm reaktivligi me’yoriy holatda bo’lganda q’isq’a vaq’t davom 
etuvchi bu bakteriemiya faq’atgina tana haroratining ko’tarilishi bilan 
namoyon bo’lishi mumkin. 
Rezistentlik omillarining faolligi susayganda mikroblar infeksiya 
o’chog’idan chiq’q’andan so’ng ko’payadi va boshq’a to’q’imalarga 
kolonizasiyasi kuzatilishi mumkin. Bunday holatda og’iz bo’shlig’i 
bakteriyalari o’ta xavfli hisoblanadi, chunki ularning ko’pchiligi boshq’a 
hujayralarning va tuzilmalarning yuzasiga adgeziya bo’lish xususiyatiga egadir.


200 
Dekstran hosil q’iluvchi Str. mutans va Str. sanguis streptokokklari 
ko’pincha endokardit sababchisi bo’ladi, narkomanlarda esa ular 
sepsisni keltirib chiq’aradi. Chunki bu streptokokklar nafaq’at 
tishlarning emal yuzasiga, balki yurak klapanlari to’q’imasiga ham 
yopisha olish xususiyatiga ega.
Og’iz bo’shlig’i mikroblari (oral mikroblar) o’tkir bakterial miokardit, 
infekstion endokardit va bosh miyada yallig’lanish jarayonlariga sababchi 
bo’lishi mumkin. Ayniq’sa, hamma tizimlarning rezistentligi pasaygan 
holatlar va kasalliklarda (leykemiya, agranulositoz, immunodepressantlar 
q’o’llanilganda, immuntanq’isliklarda) odontogen zararlanish xavfi juda 
yuq’ori bo’ladi. Anaerob bakteriyalarni o’stirish texnikasining 
yaxshilanishi, ba’zi odontogen kasalliklarning sababchisi - og’iz 
bo’shlig’idagi bakteroidlardan biri - Capnocytophaga (Bacteroides) 
ochraceus ekanligini aniq’lashga imkon berdi. Bu mikrob nekrotik 
stomatogingivit sabab bo’lgan septisemiyali bemorda topilgan va u doimo 
nekrozga uchragan tish pulpasidan olingan namunada va periodontal 
o’choq’da mavjud bo’ladi.
Ko’p bakteriyalar toksinlar va biologik faol moddalar ishlab 
chiq’aradi. Bu moddalarning juda kam miq’dori ham xo’jayin 
to’q’imalari va a’zolarida chuq’ur o’zgarishlar chaq’iradi. Pilakchalarda 
va kanalning nekrotik materialida biologik faol endotoksin katta 
miq’dorda aniq’lanadi. Endotoksin yoki grammanfiy bakteriyalar 
membranasining LPS va boshq’a metabolitlar organizmda q’uyidagi 
patologik holatlarni keltirib chiq’arishi mumkin:
 nerv tolalari periferik oxirlarining degenerativ o’zgarishlari; 
 endotoksinning pirogen ta’siri subfebril haroratga, bosh 
og’rig’iga, bo’g’imlar va mushaklardagi og’riq’q’a olib keladi
 leykositlar faoliyatining buzilishi. 
Parodontning yallig’lanish kasalliklariga q’uyidagilar kiradi:
 gingivit (4-rasm) 
 parodontit 
 parodontoz (5-rasm) 
 parodontomalar 
 periimplantit 


201 
Parodontning yallig’lanish kasalliklari (gingivit va parodontit) aholi 
o’rtasida keng tarq’algan (40 yoshdan kattalarda 90% dan yuq’ori) va kattalar 
o’rtasida tishlarning zararlanishida asosiy sabablardan biri hisoblanadi. 
Mahalliy va chet el mualliflarining ko’plab tadq’iq’otlari tish 
karashining miq’dori bilan surunkali gingivitning og’irlik darajasi o’rtasida 
yaq’q’ol bog’liq’lik borligini isbotladi. Og’iz bo’shlig’i gigienasi 
o’tkazilmagan holatlarda 10-21 kunlarga borib kataral gingivit rivojlanadi, 
gigienik tadbirlar amalga oshirilganda esa, milklar yallig’lanishining 
susayishi yoki yo’q’olishi q’ayd etiladi. 
Patologik milk cho’ntaklaridan ajratib olingan anaeroblarning 
ko’pchiligi gialouronidaza, DNKaza, RNKaza, kollagenaza, proteaza kabi 
gistolitik fermentlarni ishlab chiq’aradi, endotoksin saq’laydi, yog’ 
kislotalari, indol, aminlar va ammiak kabi sitotoksik substansiyalar ajratadi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling