Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   261
aftoz stomatitning (SRAS) etiologiyasi haq’idagi savol hozirgacha 
ochiq’ q’olmoq’da. U o’ziga xos yaralarning vujudga kelishi bilan 
xarakterlanadi. Birinchi nuq’tai nazar SRAS ni ekzogan infekstion 
omillar: viruslar, streptokokklar, bakteriyalar L-shakllarining ta’siri 
bilan bog’lasa, boshq’asi — organizm endogen omillari, xususan 
gormonal buzilishlar, organizm sensibilizastiyasi va autoimmun 
jarayonlar bilan bog’laydi.
Yetakchi o’rinni infeksion-allergik mexanizmlar egallaydi. Jarayon 
giperemiyalangan dog’ ko’rinishida boshlanadi, so’ngra dog’ 
eroziyalanadi va kulrang karash bilan q’oplanadi. Ko’pincha aftalar til 
yuzasining yon taraflarida, lab va lunjning shilliq’ q’avatlarida 
joylashadi. Ko’p mualliflar SRAS ni fibrinoz, nevrotik, glandulyar, 
chandiq’li turlarga ajratadi. 
Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatining muhim ko’p uchraydigan 
kasalliklaridan biri – Vensanning yarali-nekrotik gingivostomatiti 
hisoblanadi. Stomatitning bu shaklini rivojlanishida mahalliy himoya 
omillari faolligining susayishi, og’iz bo’shlig’i gigienasiga ahamiyat 
bermaslik, stresslar, chekish katta rol o’ynaydi. Bu omillar natijasida 
rezident mikroflora tarkibidagi muvozanat buziladi va disbakterioz kelib 
chiq’adi. Mavsumiylikka moyillik mavjud (kuzgi va bahorgi davrlar). 
Yaralar og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatining istalgan joyida, 
ko’pincha – milklarda, retromolyar sohada (pastki uchinchi molyarlar 
chiq’ishining q’iyinlashishi bilan kechadi) uchraydi. Klinik belgilari: 
yaralar og’riq’li, chetlari notekis, tubi kulrang karash bilan q’oplangan, 
og’iz bo’shlig’i yomon hidli va regionar limfatik tugunlar kattalashgan 
bo’ladi. Patologik jarayon butun to’q’imaga tarq’alishi mumkin.


205 
Eroziya va yaralardan tayyorlangan surtmalar mikroskopik 
tekshirilganda urchuq’simon tayoq’chalar (fuzobakteriyalar) va egilgan 
shakllilar - spiroxetalar va anaerobospirillalar aniq’lanadi. Shuning 
uchun ham bu kasallik, boshq’a anaerob bakteriyalar – bakteroidlar, 
peptostreptokokklar ham aniq’lansa-da, fuzospiroxetoz deb nomlanadi. 
Fuzospiroxetoz jarayoni murtak bezlarida kechganda Plaut-Vensan 
anginasi kelib chiq’adi. Bu anginaning yarali va difteroid shakllari 
farq’lanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling