Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   261
Stomatit — og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatining yallig’lanishi 
bo’lib, ba’zan birlamchi yuq’umli kasallik sifatida, ba’zan ikkilamchi 
opportunistik jarayon sifatida rivojlanadi. Shunga mos holda 
stomatitlarni patogen mikroblar keltirib chiq’aradigan yuq’umli 
stomatitga va tabiatning ekzogen yoki endogen zararli omillarning 
birlamchi ta’sirida rezident flora keltirib chiq’aradigan opportunistik 
stomatitga bo’lish mumkin.
Oldinlari yallig’lanish jarayonining joylashishiga ko’ra q’uyidagi 
atamalar ishlatilgan: «stomatit» (patologik jarayon og’iz bo’shlig’iga 
kirish q’ismida, lunjlarda bo’lganda), «glossit» (tilda), «gingivit» 
(milkda), «xeylit» (lablarda). Biroq’ ko’pincha shilliq’ q’avatning bir 
necha joyi birdaniga yallig’lanadi, masalan, gingivostomatit. Hozirgi 
vaq’tda bu atamalar q’o’llanilmaydi, chunki biror kasallikda yoki uning 
turli bosq’ichlarida yallig’lanish har xil sohada yuzaga kelishi mumkin.
Opportunistik stomatitlar (ko’pincha adabiyotlarda “nomaxsus” 
degan atama q’o’llaniladi) - bu birlamchi zararlovchi ekzogen yoki 
endogen omillar ta’sirida vujudga keladigan yallig’lanishlardir. Odatda 
bu yallig’lanish o’tkir yoki surunkali jarohatlar, fizik yoki kimyoviy 
omillar ta’siri oq’ibatida, yuq’umli yoki somatik kasalliklar asorati 
sifatida, gormonal va moddalar almashinuvining buzilishi, organizmdagi 
turli xil distrofik jarayonlar natijasida organizm rezident mikroflorasi 
vakillarining faollashuvidan kelib chiq’adi. 


204 
Yuza kataral stomatitlarda, odatda, grammusbat aerob kokklar va 
tayoq’chalar topiladi, alterastiya va yarali-nekrotik jarayonlar bilan 
kechadigan chuq’ur stomatitlarda esa q’at’iy anaerob grammanfiy flora 
(fuzobakteriyalar, 
bakteroidlar, 
spiralsimonlar) 
va 
shuningdek, 
peptostreptokokklar aniq’lanadi. 
Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatida remissiya va q’o’zish davrlarining 
almashinuvi bilan uzoq’ davom etuvchi surunkali residivlanuvchi 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling