Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


Download 77.9 Kb.
bet1/20
Sana25.10.2023
Hajmi77.9 Kb.
#1720800
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Kurs ishi - Qurvonaliyev Mansurbek


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

TURIZM FAKULTETI
UMUKASBIY VA IXTISOSLIK FANLARI
KAFEDRASI
KURS ISHI
‘‘DUNYO REKREATSIYA RESURSLARI’’ FANIDAN


MAVZU: TURKIYA DAVLATI VA UNING TURISTIK MARKAZLARI


Bajardi: Qurvonaliyev Mansurbek TFY 21/1
Tekshirdi: Irgashev Toʻlqinjon


CHIRCHIQ -2023


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………... 3
I BOB. Turkiyada turizm
1.1. Dunyo turizm markazlaridan biri boʻlgan - Turkiya haqida maʼlumot………. 4
1.2. Turkiyadagi rivojlangan turizm turlari……………………………………….10
1.3. Turkiyaning turistik markazlari………………………………………………17
II BOB. So‘ngi vaqtlardagi Turkiya
2.1. Hozirgi kundagi Turkiya va turizm…………………………………………..28
Xulosa…………………………………………………………………………….32
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………34
ILOVA

KIRISH
Tarixiy oʻlkashunoslik va turizm fanining joriy etilishidan maqsad, mazkur fanni puxta egallash va kelajakda yetuk mutaxassis boʻlish uchun studentlar birinchi navbatda Oʻzbekiston va jahon tarixi, geografiyasi, ularning tabiiy-iqlimiy resurslari, arxeologik va meʼmoriy yodgorliklari, muzey va madaniyat koshonalari, ayniqsa, iqtisodiyot fanlarining - marketing, menejment, servis, buxgalteriya, soliq, boj yoʻnalishlari haqida maʼlum tushunchalarga ega boʻlishlari lozim. Shuningdek, "Buyuk ipak yoʻli" , savdogarlik tarixi, diniy bilimlar boʻyicha ham yetarli fikr-mulohazalar talab etiladi. Har bir turistik hudud, har bir mamlakat, har bir shahar va joy iqtisodiy foyda olish va daromad olish uchun mavjud turistik resurslaridan oqilona foydalanishga harakat qiladi. Xohish juda zoʻr boʻlsa ham bunga erishish oson emas. Buning uchun juda katta investitsiya, infratuzilma, yaxshi bir dastur, bilimli kadr-mutaxasislar talab etiladi. Har bir mamlakatda oʻzining siyosiy qarashlari, iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari, jamiyat anʼanalarining koʻp qirralari mavjud. Har bir mamlakat oʻz davlatida turizm rivojlantirish strategiyasini oʻz turistik resurslaridan kelib chiqqan holda belgilaydi va shunga mos ravishda harakat qiladi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning ushbu so‘zlarini keltirishimiz o‘rinli bo‘ladi:
“Men turistik biznes deganda, turizmni shunchaki rivojlantirish emas, balki kengroq tushunchani nazarda tutaman. Bunda gap turizm faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatish va servis tarmoqlarini rivojlantirish haqida bormoqda. Bu soha taraqqiyoti mamlakatimizga xorijiy turistlarni ko‘plab jalb etish bilan birga, eng muhimi, katta valuta tushumlarini ta’minlash bilan yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga ulkan hissa qo‘shishi muqarrar”
Ushbu kurs ishida asosan Turkiya davlati haqida maʼlumot, Turkiyadagi turizm turlari, turizm markazlari, ayni vaqtda Turkiyadagi holat haqida maʼlumotlar keltiriladi.



Download 77.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling