Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


Download 77.9 Kb.
bet6/20
Sana25.10.2023
Hajmi77.9 Kb.
#1720800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Kurs ishi - Qurvonaliyev Mansurbek

Gastronomik turizm. Deyarli hamma davlatda bo‘lgani kabi Turkiyada ham gastronomik turizm eng faol turizm turlaridan biri sifatida davlat iqtisodiyotiga juda kata foyda keltirib kelmoqda.
Gastronomik turizm, yoki oshxona turizmi, turizmning asosiy turlaridan biri boʻlib, asosiy maqsadi, sayyohlarning ma’lum bir mamlakatga, sayohat qilishi asnosida, oʻsha davlatning milliy oshxonasi va ovqatlanish madaniyati bilan ham, yaqindan tanishishidir. Gastronomik sayyoh, birinchi navbatda, madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan, milliy va anʼanaviy taomlarni, tayyorlash jarayoni, dasturxonga tortish usullari, ovqatlanish tartibi va pozitsiyalarini, koʻrish va bilish barobarida, sayohat qilayotgan davlatining, tarixini, iqtisodiyotini, davlat siyosati hamda mahalliy aholining eʼtiqodlarini oʻrganadi.
Gastronomik turizm, odatda ikki turga boʻlinadi;
-Agroturizm, dala (qishloq) gastronomik turizmi; Sayohat qilinayotgan davlatning, ekologik toza mahsulotlari (meva va sabzavotlar, poliz mahsulotlari, uzumchilik) ni, hosilini yig’ish yoki qadoqlashni o’z ko’zi bilan ko’rish va mahsulotlarni ta’tib ko’rish tushiniladi
-Shahar gastronimik turizmi, mahalliy mahsulotlarni qayta ishlaydigan va ishlab chiqaradigan korxonalar, milliy taomlar tayyorlaydigan ovqatlanish shaxobchalarida, oziq-ovqat do’konlariga va boshqa ob’yektlarga, tashrif buyurib, ularni o’rganish va ta’tib ko’rishni o’z ichiga oladi
Istanbul shahrida 18-Xalqaro gastronomik pazandachilik festivali bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillari ishtirok etib, 4 kunlik festival yakuniga ko‘ra, 8 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
Festivalda dunyoning turli davlatlaridan oshpazlar, shuningdek, O‘zbekiston, Eron, Tunis, Qirg‘iziston, Germaniya, Xorvatiya, Serbiya, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardan kelgan xalqaro darajadagi hakamlar qatnashdi.
O‘zbekistonliklarning jahon musobaqalari va chempionatlarida faol ishtirok etishi gastronomik turizmni ommalashtirish va O‘zbekistonga ko‘plab xorijiy gurmanlarni jalb etish hamda bu sayyohlik yo‘nalishidan qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.
Oshpazlik chempionatining birinchi kunidayoq O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi:
To‘laganova Umriniso – zamonaviy oshxona – oltin;
- desert – oltin;
- qora quti – kumush;
Abduqodirov Javoxir - zamonaviy oshxona – oltin;
- desert – oltin;
- qora quti – kumush;
Al-Zaben Alina - (yunior) baliq nominatsiyasida - oltin;
Qudratov Bilol - zamonaviy oshxona - bronza;
Xamidullaev Saida’zamxon go‘sht - bronza;
Orazbaeva Sarbinaz - (yunior) baliq nominatsiyasida - oltin;
Sultanov Davron - (yunior) baliq nominatsiyasida - kumush;
Usmanoliev Abdulaziz – desert - oltin;
Fatxulaev Firdavs – desert – oltin;
- qora quti – kumush.
Dunyoning mashhur oshpazlaridan iborat hakamlar hay’atining kuchli talablaridan iborat nominatsiyalar bo‘yicha o‘zbekistonliklarning qo‘lga kiritgan sovrinlari O‘zbek oshxonasining yuksak yutuqlari, mamlakatimiz yosh avlodining salohiyati, O‘zbekiston an'analarini jahon hamjamiyatiga munosib darajada olib kirayotganligidan dalolatdir, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oshpazlar assotsiatsiyasi 2010-yildan buyon jahon oshxonasining pazandalik standartlarini saqlash va takomillashtirishni maqsad qilgan mutaxassislardan iborat Butunjahon oshpazlar hamjamiyatining rasmiy a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi tashkil etilganidan buyon barcha umumiy ovqatlanish tashkilotlariga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, umumiy ovqatlanish punkti faoliyatining texnologik jarayonlarini joriy etish bo‘yicha axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib kelinyapti.
Turk oshxonasi o'ziga xos tatlar bilan har xil taomlar bilan to'lib-toshgan va hatto eng ashaddiy gurmelerning ishtahasini ochishga qodir. Go'shtli taomlarning mo'lligi, har yili har qanday lazzat uchun dengiz mahsulotlari va sabzavotlarning retseptlari, shirinliklar va xamir ovqatlar mamlakatda bo'lgan sayohatchilarning qalbini (yoki aksincha oshqozonini) yutib oladi. Ko'plab turk taomlari yuqori kaloriya hisoblanadi, chunki ularning asosiy tarkibiy qismlariga ko'pincha go'sht, zaytun va sariyog ', un va guruch kiradi. Ular pechda ovqat pishirishni va pishirishni yaxshi ko'radilar, ko'plab shirinliklar esa qovuriladi.

Download 77.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling