Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


Turkiyadagi rivojlangan turizm turlari


Download 77.9 Kb.
bet3/20
Sana25.10.2023
Hajmi77.9 Kb.
#1720800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Kurs ishi - Qurvonaliyev Mansurbek

1.2. Turkiyadagi rivojlangan turizm turlari
Kino turizmi. Turkiyada kino va turizmni yonma-yon qoʻyishadi. Xoʻsh, bu ikki sohaning qanday oʻzaro bogʻliqlik joyi bor? Albatta, oʻziga xos tarixga ega bu mamlakat uch tomonidan dengizlar bilan oʻralgan, qulay obi havo sharoiti, dam olish uchun juda katta suv havzalari bilan mashhur. Lekin hamma ham bu oʻlkaga choʻmilish yoki dam olish uchun tashrif buyurmaydi. Turkiyada ziyorat turizmi keng rivojlangan. Bunda esa, shubhasiz, tarixiy filmlar va seriallarning oʻrni katta.
“Muhtasham yuz yil” teleserialini barchamiz sevib tomosha qilganmiz. Unda real hayotga yaqin tarixiy voqealar – Usmoniy hukmdorlar hayoti koʻrsatib berilgan. Bu film televizor ekranlariga chiqqandan soʻng Turkiyaga boradigan sayyohlar soni bir necha marta ortib ketgan. Chunki odamlarda sulton Sulaymon hukmronlik qilgan davrdagi saroylar, sultonning oʻzi, oʻgʻillari, xotinlari dafn etilgan joylarni borib koʻrish istagi tugʻilgan.
Haqiqatan ham, Yevropa va Osiyoni bogʻlab turuvchi Istanbul shahrida koʻradigan, tomosha qiladigan manzillar, ziyoratgohlar koʻp. Lekin sulton Mahmud tomonidan salkam 7 gektar yerda bunyod etilgan “Toʻpqopi” saroyini koʻrmasdan ketsangiz, bu ulkan kentga kelganingiz bekor. Buning sababi oʻsha “Muhtasham yuz yil” filmi.
Turkiyada turistlar oqimini koʻpaytirishda, shubhasiz, “Muhtasham yuz yil”ning mantiqiy davomi boʻlgan “Koʻsem” serialining ham alohida oʻrni bor. Sayyohlar aynan Koʻsem, uning farzandlari va nevaralari qabrlarini ziyorat qilish uchun ham Turkiyaga, Istanbulga borishadi.
Yaqinda mamlakatimiz teleekranlarida “Ertoʻgʻril” filmi paydo boʻldi. Usmoniylar imperiyasi asoschisi Usmonning otasi Ertoʻgʻril haqidagi teleserial yaratilganiga hali juda koʻp boʻlgani yoʻq. Lekin turk sayyohlik byurolari vakillarining aytishicha, ilgari koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan Eskisheher shahri yaqinidagi Syogyut shaharchasiga Ertoʻgʻril va uning safdoshlari, turmush oʻrtogʻi Halima xotunning qabrini ziyorat qilish uchun yiliga 2 million nafarga yaqin mahalliy va xorijlik sayyohlar tashrif buyurayotgan ekan. Mana, kinoning kuchi, qudrati.
Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Xoʻsh, nega shu paytgacha ulugʻ bobolarimiz, deylik dunyoning juda katta qismini zabt etgan, buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur haqida film ishlanmagan. Toʻgʻri, sobiq shoʻrolar davrida Amir Temur qoralangandi, bosqinchi sifatida talqin qilinar edi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin-chi? Albatta, istiqlol davrida buyuk bobomiz haqida film yaratishga harakatlar boʻldi, lekin bu film Oʻzbekistondan tashqariga chiqmadi.
Bundan oʻn yillar burun Parij yaqinidagi bir litseyda uchrashuvda ishtirok etgan edim. Tadbirda litsey oʻqituvchilari bilan ochiq muloqot qildik. Men litseyda jahon tarixi fani qanday oʻqitilishi bilan qiziqdim. Buyuk Amir Temur haqida soʻradim. Jahon tarixi fanidan dars beruvchi oʻqituvchilar Amir Temurni bilishmadi. Ayrimlari bu nomni eshitganini, lekin tarixini bilmasligini aytdi.
Eʼtibor bering, jahon tarixida dunyoni egallagan, buyuk imperiyalar tashkil etgan sarkardalar barmoq bilan sanarli darajada oz. Lekin nisbatan Amir Temur shaxsiga qiziqish kuchliroq boʻlgan Fransiyada ham tarix darsliklarida ulugʻ bobomiz haqida maʼlumot yoʻq. Kinochilarimiz buyuk Amir Temur bosib oʻtgan shonli yoʻlni, u Yevropani Usmoniylar istilosidan saqlab qolganini, Samarqandga Yevropa mamlakatlaridan elchilar kelganini, ular bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatilganini, xatlar yozilganini koʻrsatuvchi film suratga olishsa, ishonchim komilki, bu kinoni butun dunyo katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Samarqandni, Shahrisabzni, Amir Temur maqbarasini, uning avlodlari qurgan imoratlarni ziyorat qilish uchun Oʻzbekistonga millionlab sayyohlar tashrif buyuradi.
Mirzo Ulugʻbek shaxsi haqida ham shu gapni aytish mumkin. Buyuk astronom, matematik, shu bilan birga adolatparvar shoh, oʻn beshinchi asrda yulduzlar olami bilan qiziqqan, observatoriya qurgan inson haqida film ishlansa, hech shubhasiz, dunyo kino muxlislari sevib tomosha qilishadi. Yoki Boburning Andijondan Hindistongacha bosib oʻtgan yoʻli, uning temuriyzodalar, Shayboniyxon bilan munosabatlari va janglari kimni qiziqtirmaydi. Biri-biridan bachkana filmlar oʻrniga shunday ulugʻ insonlarimiz haqida bittagina yaxshi kino yaratsak aʼlo ish boʻlardi. Shunday emasmi?
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, bunday filmlarni yaratish uchun juda katta mablagʻ kerak, albatta. Lekin katta mablagʻ tikib yaratilgan filmlar, albatta, oʻzini oqlaydi.
Yaqinda Turkiyaga safarimiz chogʻida biz bir guruh oʻzbekistonlik jurnalistlar “Mendirman Jaloliddin” seriali suratga olingan kinopavilyonni borib koʻrdik. “Ertoʻgʻril” seriali ham shu yerda suratga olingan ekan. Juda katta hududni egallagan tasvirga olish maydonini qurish uchun millionlab AQSH dollari sarflangan. Lekin bu yerda olingan filmlarni koʻrib, yuqorida aytganimizdek, dunyoning barcha burchaklaridan millionlab sayyohlar Turkiyaga safar qilmoqda.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, bugun teleekranlarimizni egallab olgan turk seriallarining hammasida Istanbulning va boshqa shaharlarning odamlarni oʻziga jalb qiladigan manzillar – Osiyo va Yevropani bogʻlovchi koʻprik, dengiz boʻylaridagi restoran va kafelar, chiroyli tabiat manzaralari koʻrsatiladi. Aslida bu ham yurtga sayyohlarni jalb etishning, mamlakatni reklama qilishning bir yoʻli.
Yana bir gap. Oʻzbekistondagi Turkiya elchixonasining Madaniyat va turizm boʻyicha maslahatchisi Alparslon Akinjining yaqinda Toshkentda boʻlib oʻtgan bir tadbirda taʼkidlashicha, bu mamlakatda ota yurtlariga qiziqish juda kuchli. Turkiya fuqarolari Oʻzbekistonga kelmagan boʻlsa ham unga boʻlgan muhabbati va sogʻinchi sabab uylarining devoriga Buxoro yo Samarqanddagi obidalar rasmini osib qoʻyishgan. Turkiyada naqshbandiylik taʼlimotiga ergashuvchi va tatbiq qiluvchi 30 millionga yaqin aholi bor. Lekin ularning hammasi ham Naqshband hazratlari haqida toʻliq maʼlumotga ega emas. Xoja Bahouddin Naqshband va Naqshbandiya tariqati haqida kinofilm ishlansa, Oʻzbekistonga ziyoratchilarning katta oqimi kelishiga sabab boʻlishi aniq. Naqshbandni faqat Turkiyada emas, butun musulmon olamida yaxshi biladi. U mangu qoʻnib topgan qadamjoni ziyorat qilishni istaganlar juda-juda koʻp.
Yana bir kino turizmiga misol ‘‘Chuqur‘‘ serialini keltirishimiz mumkin. Chuqur — Ay Yapım tomonidan suratga olingan va rejissori Kerem Çatay, ssenariy mualliflari Gökhan Horzum va Damla Serim boʻlgan turk drama va jangari filmi. Ilk qismlari 2017-yil 23-oktabrda premyera qilingan va suratga olish ishlari hozirga qadar davom etmoqda.
Istanbulning Chuqur deb atalgan mahallasining noqonuniy boshqaruvi Kochovali oilasining qoʻlida edi. Oila, hatto jinoyatchilikka shu qadar yaqin boʻlsa ham, oʻz qoidalariga ega. Ushbu qoidalardan biri giyohvand moddalarni mahalla ichida isteʼmol qilish yoki yetishtirish, olib chiqish va olib kirishning taqiqlanishdir. Bu mahallada giyohvandlik bilan shugʻullanishmaydi. Ammo yangi boshqa-boshqa jinoiy guruhlar mahalla boshqaruvini oʻz qoʻliga olishga harakat qiladilar.
Suratga olish jarayoni Istanbulning Fotih tumanida amalga oshirildi. Shuningdek, birinchi mavsumning birinchi va ikkinchi qismlarida baʼzi sahnalar Fransiya poytaxti Parijda, uchinchi mavsumning baʼzi sahnalari Germaniya poytaxti Berlinda boʻlib oʻtdi.
Mana shu yuqorida sanab o‘tilgan kino va seriallarning suratga olingan joylari ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.

Download 77.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling