Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-rasm. Kandida avlodi zamburug’larining aralash kulturasi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6-rasm. Kandida avlodi zamburug’larining aralash kulturasi
(Gram bo’yicha bo’yalgan). Kandidozning asosiy klinik shakllari q’uyidagilar hisoblanadi: • o’tkir psevdomembranoz kandidoz (oppoq’, suzmasimon karash bilan xarakterlanadi — «molochnista» (7-rasm): • o’tkir atrofik kandidoz ; • surunkali giperplastik kandidoz; • tilning surunkali atrofik kandidozi; • teri-shilliq’ q’avat (chuq’ur) kandidozi. 207 7-rasm. Psevdomembranoz kandidoz (Saryov V.N. bo’yicha) Og’iz bo’shlig’i kandidozining klinik ko’rinishlari turlichadir – oxirgi yillarda kandidozli stomatitning ma’lum bo’lgan shakllari bilan bir q’atorda kandida-assostirlangan parodontit, yara-eroziyali stomatit kabi ko’rinishlari ham uchramoq’da. Bu shakllar ko’pincha organizm immuntanq’islik holatlarida, OITS da kuzatiladi. Jarayon asoratlanganda mikozning generalizasiyasi kuzatiladi va kandida-sepsis rivojlanadi. Bu holat o’lim bilan tugashi mumkin. Me’da-ichak kasalliklarida, asosan me’daning kislotaliligi pasayganda yoki axiliyada og’iz bo’shlig’i kandidozi kelib chiq’adi. Q’andli diabetda uglevodlar almashinuvining buzilishi ham kandidoz rivojlanishi uchun q’ulay sharoit hisoblanadi. Shilliq’ q’avatlar kandidozi belgilarsiz kechayotgan q’andli diabetning birinchi simptomlaridan biri bo’lishi mumkin. Surunkali kandidoz holatlarida, asosan q’aytalanuvchi kandidozlarda q’andli diabet tashhisini inkor etish uchun q’ondagi glyukoza miq’dorini tekshirish lozim. Bundan tashq’ari xavfli o’smalarda, sil, endokrinopatiyalarda (q’andli diabet, gipotireoz, gipoparatireoz, buyrak usti bezlarining gipo- yoki giperfunksiyasida), nurlanganda, spirtli ichimliklar va narkotiklar ta’sirida, kontrasteptivlar uzoq’ vaq’t q’o’llanilganda ham kandidoz vujudga kelishi mumkin. Og’iz bo’shlig’ining Candida avlodiga mansub zamburug’lar (S. albicans, S.tropicalis. S.krusei) bilan mahalliy zararlanishi molochnisa 208 deb, tarq’algan shakllari esa – kandidoz deb ataladi. Til, lunj, lablar, og’iz burchaklari kandidalar bilan zararlanishi mumkin (8-rasm). Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling