Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


II. Protezlashning og’iz bo’shlig’i mikroflorasiga ta’siri


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   261
 
II. Protezlashning og’iz bo’shlig’i mikroflorasiga ta’siri 
Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati holatini protez q’o’yishdan oldin va 
protez q’o’yilgandan keyin tekshirish shuni ko’rsatdiki, protezi 
yo’q’larga nisbatan protezdan foydalanayotganlar og’iz bo’shlig’i 
shilliq’ q’avati mexanik omillar ta’siriga ko’p uchraydi. Bu esa, protez 
ostidagi keratinli q’avatning q’alinlashishiga olib keladi. Keratin 
hajmining oshishi, ya’ni keratizastiya Preti G., Bassi F., Jani R.M. va 
boshq’.(1996) fikricha og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatining adaptastiya 
ko’rinishidir. To’q’imalarning bunday adaptastiyasi bo’lmasa, tish 
protezlaridan foydalanish q’iyin bo’lardi. Olinuvchi protezlarga nisbatan 


212 
adaptasiya jarayonida protez ostidagi shilliq’ q’avat elektron 
mikroskopda tekshirilganda shu narsa aniq’landiki (Zufarov S.A., 1980), 
plastinkali protezning shilliq’ q’avatga mexanik ta’siri natijasida protez 
ostidagi epiteliy hujayralari funksional faolligi oshadi va ularning 
shoxlanish jarayoni tezlashadi. So’lakning fermentativ faolligiga, pH 
ko’rsatkichiga hamda mikroflorasiga protezlarning ta’sirini o’rganish 
bo’yicha juda ko’p tadq’iq’otlar o’tkazilgan (Alimov S.I., 1976; 
Borovskiy E.V.,2001; Irsaliev X.I.,2001). Shilliq’ q’avatda yallig’lanish 
keltirib chiq’aruvchi omillardan biri bu – og’iz bo’shlig’i gigienasining 
buzilishidir. Og’iz bo’shlig’ida tish protezlarining bo’lishi og’iz 
bo’shlig’i gigienasini sezilarli yomonlashtiradi (Mixaylov V.V., 1990; 
Temirbaev M.A., 1991; Kopeykin V.N., 1993).
Olinuvchi protezlarga nisbatan adaptasiya muammolari ko’rib 
chiq’ilganda aniq’landiki, plastmassalarning g’ovakligi va g’adir-
budirligi protezni ifloslanishiga olib keladi va sezilarli darajada biologik 
adaptasiyani q’iyinlashtiradi. Tish protezlari stomatitidan protezni 
ko’taraolmaslikni farq’lash lozim. Protezni ko’taraolmaslikda faq’at 
sub’ektiv sezgilar, masalan, achishish, og’izdagi yarani sezish, ta’m 
bilishning buzilishi va h.k. kuzatiladi.
Protezlarning zararli ta’siri shundaki, ularning kimyoviy moddalari 
oq’sillar bilan birikib, antigenlar hosil q’iladi va organizm 
sensibilizasiyasini chaq’iradi. Masalan, akril plastmassali protezlar 
glossitlar, stomatitlar, bronxial astma, ekzema kabi kasalliklarni keltirib 
chiq’arishi mumkin.
N.L. Xabilov (2005) tomonidan q’iziq’arli ma’lumotlar olingan: 
og’iz bo’shlig’idagi har q’anday aralashuvlar uning mikroflorasi va 
mahalliy himoya omillariga ta’sir q’iladi. Bunda aniq’lanishicha, 
sog’lom odamlarda bosma surtma mikroflorasining miq’doriy 
ko’rsatkichlari turlicha bo’lib, stafilokokklarning soni protezlashdan 
oldin 15,2±0,55 KHQ’B/sm

ni tashkil etgan bo’lsa, protezlashdan 60 
kundan 
so’ng 
10,0±0,42 
KHQ’B/sm

ga 
teng 
bo’ldi. 
Mikroorganizmlardan eng ko’p uchragani streptokokklar bo’lib, bu 
boshq’a adabiyotlardagi ma’lumotlarga mos keladi. Biroq’ avtorning 
ta’kidlashicha, tishning koronka q’ismi buzilgan bemorlarda bu 


213 
ko’rsatkichlar o’zgaradi, bunda umumiy mikroblar soni sog’lom 
odamlarga nisbatan 3 marotaba ortadi, lekin florada streptokoklarning 
dominantligi saq’lanib q’oladi.
2-jadvalda og’iz bo’shlig’idagi 
mikroorganizmlarning protezlashdan oldingi va protezlashdan keyingi 
miq’dori keltirilgan (Rustambekov U.U., 2007).

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling