Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   261
Listerioz (sinonimlari: listerellez, Yo’lbars daryosi kasalligi
nevrellyoz, chaq’aloq’lar granulematozi) – zoonoz guruhga mansub 
yuq’umli kasallik. Kasallik odamda o’tkir sepsis shaklida (markaziy 
nerv tizimi, bodomcha bezlari, limfatik tugunlar, jigar, taloq’ 
shikastlanadi) yoki surunkali shaklda (yaq’q’ol klinik belgilarsiz) 
kechadi. 


227 
Etiologiyasi. Q’o’zg’atuvchisi – Listeria monocytogenes kalta (0,5-
0,6 mkm), grammusbat, aerob, harakatchan tayoq’chalar yoki 
kokkobakteriyalar bo’lib, silliq’ koloniyalar ko’rinishida o’sadi. Kapsula 
va spora hosil q’ilmaydi (19-rasm).
19 - rasm. Listeriya sof kulturasidan olingan surtma (Gram bo’yicha 
bo’yalgan) 
Listeriyalar hayvonlar uchun patogenlik xossalariga ega: 1) q’uyon 
yoki dengiz cho’chq’achalari ko’z kon’yunktival xaltachasiga 
yuborilgandan 3-5 kun o’tgach, keratokon’yunktivit chaq’iradi (Antoni 
reaksiyasi); 2) vena ichi yoki q’orin bo’shlig’iga yuborilganda 
generalizasiyalashgan listerioz chaq’iradi, bunda q’uyonlarda monositoz 
va sichq’onlar jigarida o’choq’li nekroz kuzatiladi. 
Epidemiologiyasi. 
Listerioz 
dunyoning 
hamma 
davlatlarida 
uchraydi. JSST (1993 y.) ma’lumotlariga ko’ra 1990 yil listeriozli 1167 
holat aniq’langan, ularning barchasida q’o’zg’atuvchi ajratib olinib, 
tasdiq’langan. O’lganlar ichida 147 tasi chaq’aloq’lar bo’lgan. 
Listeriozda o’lim darajasi 5% dan 33% gacha o’zgarib turadi. 
Infeksiyaning tabiatdagi manbai bo’lib, kemiruvchilarning ko’pgina 
turlari, asosan sichq’onsimonlar hisoblanadi. Shuningdek, listeriyalarni 
uy hayvonlaridan (q’uyon, cho’chq’a, ot, sigir, tovuq’, o’rdaklar) ham 
ajratib olishga muvaffaq’ bo’lingan. Listeriyalar ko’pincha, har xil 
ozuq’alarda (achitilgan xashak, pichan, don), odam najasi (1-5%) hamda 
har xil mahsulotlarda topilgan. Listeriyalarning keng tarq’alganligiga 
q’aramay, kasallanish uncha yuq’ori emas (yilda 1 mln. aholiga 2-3 
holat). Asosan yoz faslida, ko’pincha shahar aholisi kasallanadi. Asosiy 


228 
yuq’ish yo’li alimentar yo’l bo’lib, ko’pincha bakteriyalar bilan 
ifloslangan mahsulotlar iste’mol q’ilinganda yuq’adi. Listerioz bilan 
kasallangan onadan homilaga o’tishi tasdiq’langan. Odamning bemor 
hayvonlar bilan muloq’otida yuq’ish ehtimoli kamdir. 
Patogenezi. Infeksiya darvozasi oshq’ozon-ichak yo’li shilliq’ 
q’avati hisoblanadi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling