Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
- rasm. Og’iz bo’shlig’i sili
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
22 - rasm. Og’iz bo’shlig’i sili.
Og’iz bo’shlig’i silining asosiy morfologik shakllari infiltrat va yara hisoblanadi. Infiltrat chegaralangan bo’lib, ayrim hollarda o’smalar (tuberkulomalar) xarakteriga ega yoki tarq’algan bo’lishi mumkin. Infiltrat zich, yumshoq’, usti silliq’ yoki donador bo’lishi mumkin. Infiltrat rangi o’tkir shakllarida och q’izil, ekssudativ shakllarida kulrang bo’ladi. Yaralar shilliq’ q’avatlar burmalarida yashiringan kichik yoriq’lar ko’rinishida yoki keng yaralar holatida bo’lib, miliar kulrang-sariq’ tugunli toshmachalar va shish bilan birga kuzatiladi. Yaraning ostki q’ismi q’onab turadigan, mayda, donador granulyasiyali bo’ladi. Yara chetlari notekis, ko’pincha yumshoq’, ammo ba’zan zichlashgan bo’lishi ham mumkin. Bitayotganida yaralar o’rnida chandiq’lar hosil bo’ladi. Miliar-yarali sil. Sil mikobakteriyalarini infeksiyaning ochiq’ o’choq’laridan (ko’pincha, og’ir rivojlanuvchi jarayon kechayotgan o’pkalardan) q’ayta kirishi natijasida og’iz shilliq’ q’avatida ikkilamchi sil - miliar-yarali sil rivojlanadi. Boshlanishida uncha katta bo’lmagan, odatda, birinchi davrlarda og’riq’siz, keyinchalik juda og’riq’li yara hosil bo’ladi, u kengayib borib, ayrim hollarda katta o’lchamlargacha etadi (1,5x2,0 sm). Odatda, yara uncha chuq’ur bo’lmaydi, o’yilgan ko’rinishda, yumshoq’, chetlari notekis, ichiga o’girilgan ko’rinishida bo’ladi. Uning tagi va chetlari sariq’-kulrang karash bilan q’oplangan bo’rtmachalar hisobiga donador granulali bo’ladi. Atrofidagi to’q’imalar shishadi. Tildagi sil yaralari tilning uch q’ismi, yon bo’limlari, orq’a q’ismi, o’rta chizig’i bo’ylab va uning asosida joylashgan bo’lishi 232 mumkin. Regionar limfatik tugunlar boshida sezilmaydi, keyinchalik paypaslaganda kattalashgan, elastik zich, og’riq’li ekanligi aniq’lanadi. Lab va lunj shilliq’ q’avati sili, kam hollarda alohida bo’lib, ko’pincha yuq’ori nafas olish yo’llari yoki og’iz boshq’a a’zolarining silli zararlanishlari bilan birga uchraydi. Zararlanish shakli ko’pincha yarali bo’ladi. Yara boshlanishida yoriq’lar ko’rinishida bo’lib, labning (ayniq’sa, og’iz burchagida) tashq’i va ichki ustki q’ism burmalari chizig’ida joylashadi. Lab va lunjlar shilliq’ q’avatlaridagi infiltrativ va yarali jarayonlar nisbatan chegaralangan, atrofi reaktiv ko’rinishlarsiz, kam og’riq’li, sersuv granulali, bitishga moyilligi, produktiv jarayon xarakterini saq’lab q’oladigan ko’rinishda bo’lishi mumkin. O’tkir, asosan ekssudativ fazada, sezilarli og’riq’, ikkala lablarning shishi, miliar tugunli toshmachalar bilan birga kuzatiladi. Milk sili alohida holda kam uchraydi. Milkning sil bilan zararlangan to’q’imasi avval shishadi, juda yumshoq’, og’riq’li, giperemiyalangan va q’onab turuvchi bo’lib q’oladi. Keyinchalik jarayon zo’rayganda, yaq’q’ol ifodalangan granulyastiyali sil yarasi hosil bo’ladi. Q’attiq’ va yumshoq’ tanglayni sil bilan zararlanishlari har xil bo’lishi mumkin, ya’ni ustki, biroz infiltrastiyali chegaralangan yoriq’simon yaralar ko’rinishidan, ayniq’sa yumshoq’ tanglayda, keng, bo’rtmachali papillomatoz infiltratli o’ziga xos notekis yaralar ko’rinishigacha bo’lishi mumkin. Boshlang’ich shakllarida shilliq’ q’avat chegarali giperemiyalangan ko’rinishda bo’lib, markazida epiteliy butunligi buzilmagan holda sariq’-oq’ kichik dog’ aniq’lanadi. Hiq’ildoq’ silining o’tkir, ko’pincha ekssudativ zararlanishlarida, yumshoq’ tanglay bodomcha bezlari odatda, giperemiyalangan, infiltrasiyalangan va boshida, miliar tugunchalar bilan q’oplangan bo’lib, ko’p o’tmay ularning o’rnida yarachalar paydo bo’ladi. Differenstial tashhis biopsiya materialini gistologik usul yordamida tekshirish orq’ali amalga oshiriladi. Material yaralarning chuq’ur q’avatlaridan olinadi. Bu usul gigant Pirogov-Langxans va epitelioid hujayralar tutuvchi kazeinli granulemalarni identifikasiya q’ilish uchun o’tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling