Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
24-rasm. Zahmning ko’rinishlari. Unga bir bodomcha bezining kattalashishi va q’attiq’lashishi hamda unda eroziya yoki yaralarning yo’q’ligi ham xosdir. Bodomcha bezini shpatel yordamida paypaslaganda uning tarangligi seziladi. Kattalashgan, giperemiyalangan bodomcha bezi halq’um oralig’ini to’sadi va ovoz o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda yutishda og’riq’, umumiy holsizlik, oddiy anginadek tana haroratining oshishi kuzatilishi mumkin bo’lib, zahm tashhisini q’iyinlashtiradi. Amigdalit-shankrga jag’ osti va bo’yinning maxsus limfadeniti hamda bir tomonlamalik xosdir. Zahm birlamchi davrining ikkinchi diagnostik belgisi regionar adenit hisoblanadi. Odatda, kasallikning 3-haftasi oxiri, 4-haftasi boshlarida yaq’in joylashgan limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Shankr og’iz bo’shlig’ida joylashganida, ko’pincha regionar (jag’ osti) limfa tugunlari bir tomondan kattalashgan, ko’proq’ og’riq’siz, harakatchan va ularning ustidagi teri o’zgarmagan bo’ladi. 236 Og’iz va hiq’ildoq’ shilliq’ q’avatlarining zararlanishi ko’pincha ikkilamchi zahmda kuzatiladi, shu bilan birga ikkilamchi restidivli zahmda shilliq’ q’avatlardagi toshmalar kasallikning yagona klinik belgisi bo’lishi mumkin. Ikkilamchi zahm belgilari bo’lgan deyarli 50% bemorlar og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatida rozeolez yoki papulez sifilidlar ko’rinishidagi shikastlanishlar kuzatiladi. Og’iz shilliq’ q’avatida pustulez toshmalar kamdan kam hollarda yuzaga keladi. Zahm papulalarining og’izda, ko’pincha, joylashadigan joyi bodomcha bezlari hisoblanadi, shuning uchun bunday zararlanishlar papulez sifilitik angina deb ataladi. Ikkilamchi zahmda, hiq’ildoq’ni shikastlanishi kuzatilishi mumkin, uning asosiy simptomlari bo’lib uzoq’ davom etadigan, deyarli og’riq’siz, afoniyagacha etadigan, umumiy shamollash belgilarisiz kechadigan xirillash hisoblanadi. Ko’pgina bemorlarda hiq’ildoq’ shikastlanishining kataral, kam hollarda papulez shakli kuzatiladi. Turli mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra, uchlamchi faol zahmda shilliq’ q’avatlarning shikastlanishi 18-38% bemorlarda kuzatiladi. Shilliq’ q’avatlarda gumma va diffuz gummozli infiltratlar bo’rtmacha elementlarga q’araganda ko’proq’ rivojlanadi. Shilliq’ q’avatlar sifilidlari tiniq’roq’ rangi, yaq’q’ol shishganligi (shilliq’ osti to’q’imalarda ko’p miq’dorda tomirlarni borligi bilan bog’liq’) bilan farq’lanadi. Bunda og’iz shilliq’ q’avati uchlamchi zahm klinik belgisining namoyon bo’ladigan yagona joyi bo’lishi mumkin. Gummozli sifilid og’iz shilliq’ q’avatining har q’anday q’ismida joylashgan bo’lishi mumkin. Ko’pincha gummalar yumshoq’ va q’attiq’ tanglay hamda tilda hosil bo’ladi. Odatda, gumma yagona bo’ladi. Boshida og’riq’siz tugun hosil bo’ladi, u tobora kattalashib borib, keyin yoriladi. Yorilmagan gumma konsistenstiyasi q’attiq’, yuzasi silliq’, aniq’ chegaralangan, tugun tepasidagi shilliq’ q’avat o’rtacha yallig’langan, rangi turg’un-q’izil bo’ladi. Gummoz o’zagi ajralib chiq’q’anidan so’ng og’riq’li yara hosil bo’ladi, u kratersimon shaklga, chetlari zich, tagi granulyasiyalar bilan q’oplangan bo’ladi. Yara bitganidan keyin nursimon (yulduzsimon) chandiq’lar q’oladi. Bu jarayon 3-4 oy davom etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling