Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-rasm. Og’iz bo’shlig’i listeriozi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
20-rasm. Og’iz bo’shlig’i listeriozi.
Q’o’zg’atuvchi bodomcha bezlari orq’ali ham kirishi mumkinligini tonzillitning rivojlanishi va regionar limfa tugunlarining zararlanishi isbotlaydi (20-rasm). Listerioz bilan ko’pincha bir yoshgacha bo’lgan bolalar va 55 yoshdan katta odamlar kasallanadi. Kasallikni yuzaga kelishiga immun tizimni susaytiruvchi holatlar (uzoq’ vaq’t kortikosteroid, immunodepressantlar q’abul q’ilish, o’sma, q’andli diabet, OIV-kasalligi va boshq’a kasalliklar bilan kasallanish) ahamiyatga egadir. Q’o’zg’atuvchi q’onga tushganida o’tkir isitmalash holati yuzaga keladi. Keyinchalik q’o’zg’atuvchi retikuloendotelial tizim a’zolariga (jigar, taloq’, limfa tugunlari) va asab tizimiga borib joylashadi. Asab tizimi shikastlanganda meningit va meningoenstefalit rivojlanadi. Listeriyalar uzoq’ vaq’t buyrakda saq’lanib q’oladi. Buyraklarida listeriyalar saq’lanib q’olgan ayol homilador bo’lganda, homilani ona q’ornida zararlanish ehtimoli juda kattadir. Simptomlari va kechishi. Yashirin davri 2-4 hafta davom etadi. Kechishi bo’yicha o’tkir, o’tkir osti va surunkali shakllari tavofut q’ilinadi.O’tkir shakli to’satdan boshlanadi, q’altirash bilan tana harorati 229 oshadi, umumiy intoksikasiya simptomlari (bosh og’rig’i, uyq’usizlik, mushaklarda og’riq’lar, serjahllik, ishtaha yo’q’olishi) yuzaga keladi. Kasallik ko’pincha ekzantema bilan kechadi (keng dog’li yoki eritematoz toshma katta bo’g’imlar sohasida ko’proq’, ayrim hollarda, yuzda kapalak shakli ko’rinishida hosil bo’ladi). Bezli shakllarida, sanab o’tilgan simptomlardan tashq’ari, limfa tugunlarining (jag’ osti, bo’yin, q’o’ltiq’ osti, mezenterial) kattalashishi va og’rishi kuzatiladi. Listeriozning asab tizimi bilan bog’liq’ shakllarida meningial simptomlar yuzaga keladi (ushbu shakli listerioz tashhisi bakteriologik tasdiq’langan 75% bolalarda kuzatiladi). Kering, Brudzinskiy simptomlari, ensa mushaklari rigidligi kuzatiladi. Orq’a miya suyuq’ligi bosim bilan chiq’adi, oq’sillarning q’isman ko’payishi va stitoz aniq’lanadi. Glyukoza va xloridlar miq’dori o’zgarmaydi. Enstefalit simptomlari kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda, listeriozning klinik ko’rinishida o’tkir gastroenterit, o’tkir pielit, o’tkir endokardit simptomlari birinchi o’ringa chiq’adi. Listeriozning o’tkir shakllarida ko’pincha jigar va taloq’ kattalashadi. Haroratning ko’tarilishi 3 kundan 2 haftagacha davom etadi va o’zgarib turadi. Tashhisi va differenstial tashhisi. Klinik belgilar bo’yicha tashhis q’o’yish juda mushkul. Tashhis laborator tekshirish usullari yordamida tasdiq’lanishi lozim. Bakteriologik usul bilan q’on, halq’um yuvindilari, orq’a miya suyuq’ligi, homila atrofi suvi, yo’ldosh, o’lik tug’ilgan chaq’aloq’lar va o’lganlarning a’zolari tekshiriladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling