Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
bo’yalgan (a); Lyoffler bo’yicha bo’yalgan (b)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
bo’yalgan (a); Lyoffler bo’yicha bo’yalgan (b).
221 Skarlatinani ekzantema bilan kechuvchi boshq’a kasalliklardan farq’lash lozim, bularga q’izilcha, soxta silning skarlatinasimon shakli, organizmning dori yoki boshq’a yot tabiatli antigenlarga (gaptenlar) q’arshi allergik reaksiyasi kiradi. Bo’g’ma (yunoncha diphtheria, diphtheria – teri, parda) – q’o’zg’atuvchi kirgan joyda (ko’pincha og’iz-halq’um va nafas olish yo’llarining shilliq’ q’avatlari) maxsus toksin ta’siri natijasida fibrinoz yallig’lanish, parda hosil bo’lishi bilan birga rivojlanadigan va yallig’lanish o’chog’i kattaligiga mos keladigan intoksikasiya, yurak- tomir, asab va siydik chiq’arish tizimlarining shikastlanishi bilan kechadigan yuq’umli kasallikdir. Etiologiyasi. Bo’g’ma q’o’zg’atuvchisi - toksigen bo’g’ma korinebakteriyalari (Corynebacterium diphtheriae) chetlari kengaygan tayoq’chalar hisoblanadi (15-rasm). Toksigen korinebakteriyalar bo’g’ma ekzotoksinini sintez q’iluvchi tox+ genga ega bo’ladi. Epidemiologiyasi. Infeksiya q’o’zg’atuvchisining manbai: bo’g’ma bilan kasallangan bemor va bo’g’ma korinebakteriyalarining toksigen shtammini tashuvchilar hisoblanadi. Asosiy yuq’ish yo’li – havo-tomchi yo’l bo’lib, q’o’zg’atuvchining ajralishi og’iz-halq’um va burun yallig’lanish kasalliklari, jumladan, o’tkir virusli respirator infeksiyalari bor odamlarda kuchayadi. Juda kam hollarda, infeksiya alimentar yo’l bilan yuq’ishi mumkin. Iq’limi issiq’ regionlarda maishiy-aloq’a yo’li orq’ali yuzaga keladigan teri bo’g’masi kuzatiladi. Patogenez va patologik anatomiyasi. Bo’g’ma q’o’zg’atuvchisining kirish darvozalari bo’lib og’iz-halq’um, burun, hiq’ildoq’, kam hollarda ko’z, jinsiy a’zolar shilliq’ q’avatlari va terining jarohatlangan sohalari xizmat q’iladi. Bo’g’ma q’o’zg’atuvchisining kirish joyida (ko’pincha bodomcha bezlari sohasida) fibrinoz yallig’lanish yuzaga kelib, uning asosida epiteliy to’q’imasining nekrozi va mayda tomirlar parezi yotadi, bu holat fibrin bilan boy ekssudatni ter bilan chiq’ishiga olib keladi. Ekssudatni tromboplastinga boy nekrotik sohalar bilan ta’sirlashuvi natijasida fibrinozli pardalar hosil bo’ladi. Q’on bilan namiq’q’an, 222 nekrozga uchragan to’q’imalar, bo’g’ma q’o’zg’atuvchilarining avj olib o’sishiga xizmat q’iluvchi oziq’ muhit hisoblanib, ekzotoksin hosil bo’lishi va uni frakstiyalarga bo’linishi natijasida patologik jarayon zo’rayadi. Yallig’lanish o’chog’idan ekzotoksin q’onga tushadi va q’on orq’ali har xil a’zo va to’q’imalarga boradi. Bo’g’maning og’ir zaharli shakllarida infeksion-toksik shok va disseminirlangan tomir ichi ivish sindromi (DVS-sindrom) rivojlanib, bu ko’pincha erta o’limga sabab bo’ladi. Ushbu holatlarda, nafas yo’llarining obstruksiyasi natijasidagi asfiksiya va zotiljam ham o’lim sababchilari bo’lishi mumkin. Immuniteti. Bo’g’maga q’arshi tug’ma immunitet onadan homilaga yo’ldosh orq’ali o’tgan bo’g’ma antitoksinlari bilan bog’liq’. Uning davomiyligi bir necha haftadan bir necha oylargacha davom etadi. Bo’g’madan tuzalgandan so’ng yuzaga keladigan immunitet uzoq’ vaq’t davom etmaydi. Masalan, emlanmagan, bo’g’ma bilan kasallanib tuzalgan bolalar (6-9 oydan so’ng) q’onidagi bo’g’ma antitoksinining miq’dori ko’pincha himoya q’ila olish darajasigacha yetmaydi (0,03 XB/ml). Klinik ko’rinishi. Yashirin davri bir necha soatdan 12 kungacha, ko’pincha 2-7 kunni tashkil q’iladi. Prodromal davri q’isq’a bo’ladi, kasallik boshlanishidan 5-7 kun oldin 1-2 kun davomida isitmalash, tomoq’da og’riq’, bodomcha bezlari giperemiyasi kuzatiladi. Ko’pincha (15-20% gacha holatlarda) bo’g’madan oldin o’tkir respirator virusli infeksiyalar yuzaga keladi. Kasallikning eng ko’p uchraydigan klinik shakli og’iz-halq’um bo’g’masi bo’lib, u bo’g’ma bilan kasallangan 95-97% kattalar va emlangan bolalarda hamda 60-65% emlanmagan bolalarda q’ayd q’ilinadi. Davolanishda bo’g’maga q’arshi zardob olmagan, emlanmagan bolalarning bir q’ismida jarayon zo’rayadi, bunda engil klinik shakl og’ir shaklga (zo’rayib boradigan yoki residivli kechuvchi) o’tadi (16- rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling