Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 - rasm. Gonokokkli stomatit.
a)
b) 10-rasm. Gonokokklarning sof kulturasi (Gram bo’yicha bo’yalgan) (a), yiringdan olingan surtmadagi gonokokklar (metilen ko’ki bilan bo’yalgan) (b). 11 - rasm. Gonokokkli stomatit. 11 - rasm. Gonokokkli stomatit. 12-rasm. Q’on surtmasidagi streptokokklar (Gram usulida bo’yalgan). 218 Infeksiya manbai - ko’pincha skarlatina bilan, kam hollarda esa angina bilan og’rigan bemorlar va streptokokklar toksigen shtammlarini tashuvchilardir (sog’lom yoki streptokokkli kasalliklardan keyingi rekonvalessentlar). Streptokokklarning asosiy yuq’ish yo’li havo-tomchi yo’li hisoblanadi. Maishiy aloq’a yo’li (bog’lov ashyolari, kasalning buyumlari va maishiy buyumlar) va oziq’-ovq’at mahsulotlari orq’ali kasallanish ikkilamchi ahamiyatga ega. Kirish darvozalari bo’lib, og’iz- halq’um shilliq’ q’avati yoki jarohat (kuygan joy) yuzasi, ayrim hollarda o’pkalar xizmat q’iladi. V.D.Sizerling (1978) ma’lumotlari bo’yicha, streptokokkli infeksiyaning birinchi o’chog’i 97% hollarda og’iz- halq’umda, 2% hollarda terida va 1% holatda o’pkada bo’ladi. Patogenezi. Dikning eritrogen toksiniga q’arshi immuniteti bo’lmagan odamlarning A guruh streptokokklari toksigen shtammlari bilan kasallanishi natijasida streptokokkozlarga xos mahalliy va umumiy belgilar rivojlanadi. Bu belgilar makroorganizmning q’o’zg’atuvchi antigenlari va hayot faoliyati mahsulotlari bilan ta’sirlashishi hisobiga yuzaga keladi. Streptokokklarning q’obig’ida joylashgan lipoteyxoeva kislotasi ularni limfoid hujayralarga birikishini ta’minlaydi, M-oq’sili fagositlar faoliyatni susaytiradi. Mikrob hujayrasining kapsulasi esa makroorganizm biologik suyuq’liklaridagi proteolitik fermentlarga q’arshi chidamliligini ta’minlaydi. Mahalliy ta’siri, kirish darvozalari hisoblanadigan to’q’imalarda yallig’lanish reaksiyasi bilan tavsiflansa, umumiysi esa makroorganizm markaziy nerv, yurak-tomir va boshq’a tizimlarning toksik shikastlanishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Skarlatinali toshma, streptotoksikozning klinik belgisi hisoblanadi. U morfologik, teri usti q’avatlarining yallig’lanishi, mayda q’on tomirlarning keskin kengayishi va keyinchalik epiteliyning nekrozi bilan xarakterlanadi. Skarlatinada yashirin davr 1 kundan 12 kungacha (ko’pincha 1-3 kun) davom etadi. Kasallik o’tkir boshlanadi. Bemorda q’altirash, umumiy holsizlik, bosh og’rig’i, yutishda og’riq’ paydo bo’ladi, ishtaha buziladi va bir necha soat ichida tana harorati ko’tariladi (38-39 0 S). Keyinchalik intoksikasiya belgilari (umumiy holsizlik, bosh og’rig’i kuchayadi, ishtaha yo’q’oladi, bolalarda ko’ngil aynish va q’ayt q’ilish 219 q’o’shiladi) va o’tkir tonzillit simptomlari (yutishda tomoq’dagi og’riq’, og’iz-halq’um shilliq’ q’avati giperemiyasi, jag’ osti limfa tugunlarining kattalashishi va og’riq’liligi) kuchayib boradi. Shu bilan bir vaq’tda, yumshoq’ tanglay limfoid hujayralari shishadi (13-rasm). Ular 1-1,5 mm diametrdagi och-q’izil rangdagi bo’rtmachalar ko’rinishini oladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling