Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-rasm. Og’iz-halq’um bo’g’masi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-rasm. C. diphteriae gravis (chapda), mitis (o’ngda) koloniyalari
16-rasm. Og’iz-halq’um bo’g’masi.
Bo’g’ma kechishining xususiyatlari bemorning yoshiga bog’liq’. Yoshi kichik bolalar va 30 yoshdan oshgan kattalarda bo’g’ma og’ir kechadi. 17 - rasm. Halq’um bo’g’masi. Emlangan bolalarda bo’g’maning tavsifi. Emlangan bolalarda bo’g’maning hamma klinik shakllari ichida, og’iz-halq’um 224 bo’g’masining mahalliy (chegaralangan) shakli ko’proq’ uchraydi (taxminan 90%), jarayonning og’irlashishi va tarq’alishi kuzatilmaydi, asoratlarsiz, o’z-o’zidan tuzalib ketishi aniq’langan. Emlangan bolalarda bo’g’maning tomoq’dagi pardasi q’onamasdan engil olinadi va buyum oynachalari orasida q’isman eziladi. Emlangan bolalarda, emlanmagan bolalarga q’araganda, ko’proq’ og’iz-halq’um bo’g’masining klinik belgilari aniq’ namoyon bo’lmaydigan shakli kuzatiladi (17-rasm). Asfiksiya va zotiljam hiq’ildoq’ bo’g’masi asoratlari hisoblanadi. Bakteriologik tekshiruvlar og’iz-halq’um, burun shillig’i surtmalari va boshq’a joyda joylashgan o’choq’lar ajralmasidan bo’g’ma korinebakteriyalari kulturasini ajratib olish, geldagi presipitasiya reaksiyasi yordamida q’o’zg’atuvchining toksigen xossalarini o’rganish va biovarlarini (gravis, mitis, intermedius, biflantis) aniq’lash uchun uning biokimyoviy xossalarini o’rganishni o’z ichiga oladi (18-rasm). 18-rasm. C. diphteriae gravis (chapda), mitis (o’ngda) koloniyalari Patologik materialni olish uchun steril q’uruq’ tamponlar ishlatiladi, har xil joylarda joylashgan o’choq’lari uchun alohida tamponlardan foydalaniladi. Halq’umdan shilliq’ni ertalab och q’oringa yoki ovq’atlangandan keyin 2 soatdan kam bo’lmagan vaq’t ichida, chayish va mahalliy davolash usullarini q’o’llashdan oldin olish lozim. Namunani tanglay bodomcha bezlaridan, tanglaydan, hiq’ildoq’ning orq’a ustki q’ismidan ko’z bilan nazorat q’ilib turib, tamponni aylanma harakatlantirib, shpatel yordamida til bosilib turib olinadi. Tampon til, lunj va tishlarga tegib 225 ketmasligi shart. Bo’g’ma pardasi borligida material zararlangan va sog’lom to’q’imalar chegarasidan olinadi. Har bir tampon alohida steril probirkaga solinadi va u zich yopiladi. Bir odamdan olingan ashyoli probirkalar birga bog’lanadi, tamg’alanadi va ashyo olinganidan 2 soat o’tmasdan bakteriologik laboratoriyaga yuboriladi. Bo’g’ma korinebakteriyalari toksigenligini tasdiq’lovchi musbat javob 48-72 soatdan so’ng, manfiy javob 48 soatdan keyin beriladi. 95- 98% bemorlarda bo’g’ma tashhisi bakteriologik usul bilan tasdiq’lanadi. Differenstial tashhisi. Mahalliy og’iz-halq’um bo’g’masini ko’pincha streptokokk va stafilokokkli etiologiyali lakunar va follikulyar aniginalardan farq’lash lozim bo’ladi. Angina o’tkir boshlanishi, 1-3 kunli prodromal davri va to’lq’insimon kechishi bilan ta’riflanadi. Streptokokkli anginada tana harorati ko’pincha yuq’ori, stafilokokkli anginada esa me’yorda yoki subfebril bo’lib, keyinchalik ko’tariladi. Harorat reaksiyasi mahalliy jarayonning kechish muddatiga mos keladi. Og’iz-halq’umning chegaralangan bo’g’masiga nisbatan intoksikasiya (ayniq’sa, streptokokkli anginada) jadalroq’ kechadi, uning simptomlari xilma- xilroq’ bo’ladi. Masalan, anginada kuchli bosh og’rig’i, q’altirash, ko’pincha q’ayt q’ilish, alahlash, hayajonlanish, och q’izil rangli lunj, ko’z yaltirashi va lablarning q’urishi kuzatiladi. Yutganda og’riq’, regionar limfa tugunlarining q’attiq’ligi va og’riq’liligi anginada kuchliroq’ namoyon bo’ladi. Ko’pincha, ayniq’sa, angina q’aytalanganda, limfa tugunining reaksiyasi bodomcha bezlardagi jarayonlarga nisbatan kuchliroq’ kechadi. Bo’g’madan farq’li ravishda, bodomcha bezlarining har xil q’ismlaridagi infiltrasiya, shish va giperemiya bir xil namoyon bo’lmaydi, ularning usti va q’oplagan pardasi notekis bo’ladi, bir xil bo’lmaydi. Follikulyar anginada follikulalarning yiringli erishi (mikroabsesslar) kuzatilib, ularning yorilishi natijasida bodomcha bezlari ustiga yiring ajraladi, yangi mikroabsesslarni hosil bo’lishi tana haroratini oshishi bilan birga kechadi. Lakunar anginadagi parda nuq’tali, yo’l-yo’l bo’lib, ular bir- birlari bilan q’o’shilib, har xil kattalikdagi va shakldagi orolchalar paydo q’iladi; parda lakuna yo’nalishda joylashgan, detrit va yiringdan tashkil 226 topgan, yumshoq’, engil olinadigan va buyum oynachalari orasida eziladigan bo’ladi. Parda bodomcha bezlari yuzasi bo’ylab tarq’alganda ularning q’alinligi bir xil bo’lmay, lakunalar ustida q’alinroq’ bo’ladi. Bunday parda konsistensiyasi, rangi, q’alinligi bo’yicha har xil, ustki q’ismi notekis bo’ladi, zich q’ismlaridan olishda q’on ketish kuzatiladi, ular buyum oynachalari orasida ezilmaydi. Lakunar-follikulyar anginada bodomcha bezlari yallig’lanish reaksiyalarining ikkala turi birga uchraydi. O’tkir respirator virusli infeksiyalar fonida rivojlanuvchi stafilokokkli anginada, soxta pardali karash shakllanishi mumkin, u usti tekis, yaxlit, asosan yumshoq’ bo’lib, ba’zan bodomcha bezlari chegarasidan ham kengroq’q’a tarq’aladi. Keng tarq’algan og’iz-halq’um bo’g’masini Simanovskiy-Plaut- Vensen anginasi, og’iz-halq’um shilliq’ q’avatlarining kuyishi va stomatitlardan farq’lash lozim. Simanovskiy-Plaut-Vensen anginasida tana harorati ko’pincha subfebril bo’ladi, intoksikasiya va yutishdagi og’riq’ yaq’q’ol namoyon bo’lmaydi, bodomcha bezlarining yuq’ori q’utbida va tanglayda o’yilgansimon yara joylashgan bo’lib, yumshoq’ suzmasimon massa bilan q’oplangan bo’ladi. Og’iz-halq’um shilliq’ q’avati kuyganda nekrotik karash asosan lablar, til, tanglay, tilcha va hiq’ildoq’ orq’a ustki q’ismida joylashadi. Bodomcha bezlari sohasida nekrozlar kam bo’ladi yoki bo’lmaydi. Stomatit bo’g’madan farq’li o’laroq’ uzoq’ davom etuvchi isitmalash, so’lak oq’ishi, kuchli og’riq’, og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati, shu jumladan bodomcha bezlarida ko’pgina aftoz elementlar borligi bilan tavsiflanadi. Aftoz elementlar yumaloq’ tekis nekrotik pilakchalar ko’rinishida bo’lib, atrofi giperemiyali halq’a bilan o’ralgan bo’ladi. Og’ir hollarda bu pilakchalar kengayib, katta sohada nekroz kuzatiladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling