Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-rasm. Gepatit B virusining sxematik tuzilishi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   261
26-rasm. Gepatit B virusining sxematik tuzilishi. 
Og’iz bo’shlig’i – mikroorganizmlarning q’ulay yashash muhiti 
hisoblanib, undagi mikroflora o’z-o’zini nazorat q’iluvchi tizim sifatida 
q’abul q’ilinadi. Bu tizimda turlar va populyasiyalar o’zaro ta’sirlashadi, 
ular faoliyatiga har xil destabillovchi omillar (shu jumladan, endogen) 
ta’sir etib, o’zgarishlarni keltirib chiq’aradi.
Shubhasiz, ushbu viruslar gepatositlarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir 
ko’rsatishidan tashq’ari, odam organizmiga shu jumladan, og’iz 
bo’shlig’i holatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham surunkali 
virusli gepatit B bilan og’rigan bolalar og’iz bo’shlig’i mikroflorasi 
miq’doriy va sifatiy tarkibi hamda mahalliy himoya omillari 
ko’rsatkichlari o’rganildi. Tekshiruvlar natijasida, me’yoriy va 
bemorlardagi ko’rsatkichlar solishtirilganda, ushbu bemorlar og’iz 
bo’shlig’i mikroekologiyasida keskin farq’lar borligi aniq’landi. 


239 
4-jadval
Surunkali B virusli gepatit bilan og’rigan bolalar og’iz bo’shlig’i 
mikroflorasining davolanishdan oldingi va keyingi ko’rsatkichlari 
(lg M±m KHQ’B/ml) 
Mikroblar guruhi 
1 ml so’lakdagi mikroblar miq’dori 
Me’yor 
Surunkali virusli gepatit V bilan og’rigan 
bemorlar 
Davolashdan 
oldin 
An’anaviy 
davolashdan 
keyin 
Maxsus 
davolashdan 
keyin 
Anaeroblar um.soni 
5,80±0,40 
3,55±0,30 
4,30±0,30 
5,45±0,30 
Laktobakteriyalar
4,75±0,30 
2,10±0,10 
2,60±0,20 
3,15±0,20 
Peptostreptokokklar
3,90±0,30 
3,70±0,20 
3,00±0,20 
3,60±0,30 
Aeroblar um.soni 
5,55±0,40 
7,40±0,50 
6,00±0,50 
6,10±0,40 
St. aureus 

2,40±0,20 
1,15±0,10 

St. epidermidis 
4,40±0,30 
3,70±0,30 
3,00±0,20 
2,60±0,20 
Str. salivarius 
4,70±0,40 
3,20±0,20 
3,15±0,20 
3,60±0,30 
Str. mutans 
2,40±0,20 
4,25±0,40 
4,00±0,30 
2,15±0,10 
Str. mitis 
2,80±0,20 
3,70±0,40 
3,60±0,30 
2,10±0,10 
LP escherichia 
1,40±0,10 
2,70±0,20 
1,70±0,10 
1,60±0,10 
LN escherichia 

2,25±0,20 
1,25±0,10 
1,00±0,10 
Proteus
1,45±0,10 
3,45±0,30 
2,45±0,20 
2,00±0,10 
Klebsiella 
1,00±0,10 
2,10±0,10 
1,10±0,10 
1,00±0,10 
Candida
2,15±0,10 
5,70±0,50 
5,00±0,40 
4,60±0,40 
4-jadvalda keltirilgan natijalardan ko’rinib turibdiki, tekshirilgan 
bemor bolalar og’iz bo’shlig’i mikroflorasining ham anaerob, ham 
fakultativ guruh mikroblari ko’rsatkichlarida yaq’q’ol o’zgarishlar 
mavjud. 
Anaerob guruh vakillari miq’dorining ishonchli kamayishi q’ayd 
etilgan, ayniq’sa bu laktobakteriyalarda yaq’q’ol namoyon bo’lgan, 
ularning miq’dori lg 2,10±0,10 KHQ’B/ml ni tashkil q’ilgan, bu 
ko’rsatkich me’yorga nisbatan 2 marotaba kamdir. Shu bilan birgalikda, 
fakultativ mikroorganizmlar miq’dorida ham ishonchli o’zgarishlar 
aniq’langan. 


240 
Surunkali gepatit B kasalligi bilan kasallangan bolalar og’iz 
bo’shlig’ida grammusbat mikroorganizmlar kolonizastiyasining oshish 
tendenstiyasi kuzatiladi, bunda stafilokokklar dominantlikka ega bo’lib, 
streptokokk shtammlari ikkinchi darajaga tushib q’oladi.
Grammusbat kokklar florasi vakillaridan Str.salivarius
miq’dorining 
kamayib ketganligi, shu bilan bir q’atorda Str. mutans va Str. mitis lar 
miq’dori oshganligi kuzatilgan. Lekin eng asosiysi, bir q’ancha agressiv 
fermentlar to’plamiga ega bo’lgan tillarang stafilokokk shtammining 
ko’payib ketishidir, aynan shu bakteriya og’iz bo’shlig’ining monitoring 
holatini belgilaydi. Grammanfiy bakteriyalardan esa, esherixiy va protey 
avlodi vakillari miq’dorining ishonarli ko’payishi q’ayd etilgan. 
Surunkali virusli gepatit B bilan og’rigan bemor bolalar og’iz 
bo’shlig’i mikroblarining kolonizastion rezistentligi o’rganilganda: og’iz 
bo’shlig’ida achitq’isimon zamburug’larning uchrash darajasi va 
kolonizastiyasining oshganligi e’tiborga molikdir (5-jadval). Olingan 
natijalarning o’ziga xosligi shundaki, surunkali virusli gepatit V bilan 
kasallanish jarayoni og’iz bo’shlig’ining hamma o’rganilayotgan 
anatomik 
biotoplariga 
ta’sir 
q’ilgan, 
buni 
shilliq’ 
q’avat 
mikroorganizmlari uchrash chastotasining 3-5 marotabaga, kolonizastion 
zichligining biotopga q’arab 2-3 martaga oshganligidan bilish mumkin. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling