Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Silda og’iz bo’shlig’idagi o’zgarishlar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   261
Silda og’iz bo’shlig’idagi o’zgarishlar. Og’iz bo’shlig’ining sil 
bilan zararlanishi – mikobakteriyalarning endogen, limfo- va gematogen 
yo’llar bilan tarq’alishidan kelib chiq’adi (21-rasm). Eng ko’p 
uchraydigan sil shakli - bu teri sili (volchanka) va yarali sil hisoblanadi. 
Kam hollarda, yakka holdagi sil bo’rtmalari (“sovuq’ absesslar”) - 
shilliq’ q’avatdagi kollikvativ silning bir ko’rinishi va juda kam hollarda 
– indurativ eritema va birlamchi sil yarasi kuzatiladi. 
 


230 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
21-rasm. Balg’amdan tayyorlangan surtmadagi M. tuberculosis (Цil-
Nilsen bo’yicha bo’yalgan). 
Birlamchi sil yarasi 2-3 yoshli bolalarda mikobakteriyalarning 
kichik jarohatlar va kariozli tishlar orq’ali kirishi natijasida yuzaga 
keladi. Zararlanishlar asosan til yoki milklarda joylashgan bo’lib, katta 
bo’lmagan infiltrat va sirtq’i limfoadenopatiya bilan birgalikda o’ziga 
xos birlamchi sil kompleksini tashkil q’iladi. Keyinchalik yara 
chuq’urlashadi, limfa tugunlari yumshaydi va yiringlaydi. 
Hiq’ildoq’ va og’iz bo’shlig’i sili bronxlar, traxeya, yuq’ori nafas 
olish yo’llari kasalliklari guruhiga mansubdir. Hiq’ildoq’ va og’iz 
bo’shlig’i sili o’pka va ko’krak ichi limfa tugunlari sillarining birlamchi 
va ikkilamchi shakllarining asorati sifatida uchraydi. 
Og’iz bo’shlig’ining birlamchi silida sil mikobakteriyalari oldin sil 
bilan zararlanmagan va sil mikobakteriyalariga orttirilgan immuniteti 
bo’lmagan bemorlarning shilliq’ q’avati orq’ali kirishi mumkin. Bunda 
sil bo’rtmachasi og’iz bo’shlig’i limfoid to’q’imasida yuzaga kelib
limfa tugunlariga drenaj hosil q’iladi (oshq’ozon-ichak yo’lida hosil 
bo’ladiganga o’xshash). 
Ikkilamchi silda og’iz bo’shlig’ining zararlanishlari ko’pincha faol 
surunkali o’pka sili bor bemorlarda uchraydi, bunda mikobakteriyalar 
ko’p miq’dorda balg’am bilan ajraladi va og’iz bo’shlig’ining shilliq’ 
q’avatiga kiradi. Ba’zan og’iz bo’shlig’i sili - o’pkadagi simptomsiz
faol surunkali disseminirlangan silning birinchi belgisi bo’lishi mumkin 
(22-rasm). 


231 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling