Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
III. Yuq’umli kasalliklar va ularni og’iz bo’shlig’ida namoyon bo’lishi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
III. Yuq’umli kasalliklar va ularni og’iz bo’shlig’ida namoyon bo’lishi Chaq’aloq’larda gonokokkli stomatit kam uchraydi: asosan bu zararlangan tug’ruq’ yo’llaridan bola tug’ilayotganda uning og’iz bo’shlig’iga gonokokklarning tushishidan kelib chiq’adi. K.A.Karishev (2009) ma’lumotlariga ko’ra, bu kasallik kattalarga nisbatan bolalarda ko’p uchraydi, lekin jarayon diagnostikadagi kamchiliklar tufayli aniq’lanmay q’oladi. Shu bilan birgalikda kasallikning sub’ektiv belgilarsiz kechishi, bemorlarni o’zini o’zi davolashi kabi holatlar tufayli bemorlar shifokorlar nazoratidan chetda q’olmoq’da. Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avatining zararlanishi gomoseksualist erkaklarda va orogenital jinsiy aloq’ada bo’lganlarda q’ayd etiladi. B.M.Pashkov (1963) fikricha 2 ta yuq’ish yo’li mavjud. Bevosita va tez-tez uchraydigan yuq’ish yo’li – bu gonokokklarning og’iz bo’shlig’iga ekzogen yuq’ishi hisoblanadi (autoinokulyastiya). 2-yo’l limfo- va gematogen yo’ldir. Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati so’zagi simptomsiz kechadi. Kam hollarda tomoq’da og’riq’ kuzatilib, tana harorati oshadi. Gonokokkli stomatitning 216 birinchi belgilari: og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati giperemiyasi, shish, eroziyalar va shilliq’-yiringli ajralmalardir. Davolanilmasa lunj, til, va milklarda eroziyalar va yaralar soni oshadi. Yaralar odatda kichik o’lchamda, yuzaki, chetlari notekis, kam og’riq’li, sariq’-kulrang ajralmali bo’lib, bu ajralmadan gonokokklarni topish mumkin. Gonokokkli stomatit tilda yara hosil bo’lishi bilan ham boshlanadi (Lachner I. va hammual., 1987). Kasallikning tarq’algan bosq’ichining xarakterli belgisi – tilning markaziy papillyar atrofiyasi hisoblanadi (Escobar V. va hammual., 1984). Undan q’irma olib tekshirilganda ko’p miq’dorda Neisseria gonorrhoeae topiladi (10-rasm). Shuni yoddan chiq’armaslik kerakki, bunday klinik belgilar leykoplakiyada hamda kandidozda ham uchraydi (biroq’ so’zakda atrofiya o’chog’i yuzasi silliq’ va bir xil bo’lib, oq’ish parda bilan q’oplanmagan bo’ladi) (11-rasm). Tilning zararlanishi doimo membranozli-yara xarakteriga ega bo’ladi. Umuman, boshida tilning ventral ustki q’ismi, keyinchalik esa hamma tomoni shikastlanishi mumkin. Shilliq’ q’avat och q’izil va shishgan ko’rinishda bo’lib, ekssudatli papula paydo bo’ladi, kasallik zo’rayganida shikastlangan joylardan sariq’-yiringli ajralmalar ajraladi va bu ajralmalarda gonokokklar aniq’lanadi. Har q’anday tashq’i ta’sirlar (masterastiya, mayda jarohatlar) eroziya va yoriq’larni yuzaga keltiradi, ular esa tezda yaraga aylanib, q’onaydi va sariq’-kulrang karash bilan q’oplanadi. Tilning orq’a ustki q’ismidagi ko’p sonli eroziyalar va yaralar o’tkir allergik glossitni eslatadi. Escobar V. hammualliflari bilan (1984), gonokokk bilan shikastlangan o’choq’lar, ko’pincha ikkilamchi infeksiya hisobiga og’irlashishini va maxsus davolash usullari q’o’llanilmasa, uzoq’ vaq’tgacha saq’lanib q’olishini ko’rsatib berdi. Q’o’llaniladigan mahalliy antiseptiklar ikkilamchi infeksiya bilan kurashishga yordam beradi, ammo yaralarning epitelizasiyasiga deyarli yordam bermaydi. Skarlatina – isitmalash, intoksikastiya, o’tkir tonzillit va ko’p mayda toshmalar bilan ta’riflanadigan o’tkir yuq’umli kasallik. Skarlatina q’o’zg’atuvchilari - toksigen streptokokklarning A guruhiga mansub, ya’ni ekzotoksin (sin. – Dik toksini, skarlatinali toksin) ishlab chiq’aruvchi mikroorganizmlardir (12-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling