Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Yuz-jag’ sohasi yumshoq’ to’q’imasining tez rivojlanuvchi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   261
Yuz-jag’ sohasi yumshoq’ to’q’imasining tez rivojlanuvchi 
gangrenasi ko’pincha ozib ketgan bolalarda, asosan, virusli 
infeksiyalardan (q’izamiq’) so’ng, organizm reaktivligi juda susaygan 
hollarda uchraydi. Bu hollarda ham q’at’iy anaeroblar, fuzobakteriyalar 
va spiralsimonlar aniq’lanadi. 
Noaniq’ etiologiyali yarali-nekrotik zararlanishlarga xavfli 
granulema, yoki letal granulema kiradi. Klinik belgisi tanglayda katta 
yaraning hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Jarayonga nafaq’at yuz-jag’ 
sohasining yumshoq’ va suyakli to’q’imasi, balki burun sohasining 
to’q’imalari ham q’o’shiladi hamda jarohatning sekvestrasiyasi 
kuzatiladi.
Og’iz bo’shlig’i kasalliklarining 2 xili: tishlarning kariesi va 
periodont 
kasalliklari 
tish 
yuzasida 
karash 
hosil 
q’iluvchi 
mikroorganizmlar bilan bog’liq’dir. Tishlarning kariesi odatda 
Str.mutans, Lactobacillus larning miq’dori bilan bog’liq’ bo’lib, 
so’lakdagi mikroblar sonini hisoblash kasallarda karies xavfini 
aniq’lashda va profilaktika maq’sadida monitoring uchun foydali 
bo’lishi mumkin. Mikroorganizmlarning ko’p miq’dorda bo’lishi, 
periodont kasalliklarining turli ko’rinishlarida potenstial etiologik agent 
sifatida xarakterlanadi va karashning hosil bo’lishida maxsus 
mikroorganizmlarning ishtiroki isbotlanmagan. Ularning etiologiyasi 
ko’pincha murakkabdir, ya’ni autoxton mikroorganizmlar ham, hamda 
og’iz bo’shlig’ida mavjud bo’lgan har q’anday mikroblar ham keltirib 
chiq’arishi mumkin. Aynan tish karashida og’iz bo’shlig’i 
mikroorganizmlarining asosiy q’ismi joylashadi, tish karashi hajmining 
70% ini mikroblar tashkil etadi.


206 
1mg q’uruq’ massada 250 xilgacha mikroorganizmlar bo’ladi.
Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati kandidozi. Oxirgi yillarda 
kandidoz bilan kasallanish ortib bormoq’da. Bu asosan davolash 
amaliyotida 
antibiotiklardan 
va 
immunodepressantlardan 
– 
kortikosteroidlar va stitostatiklardan keng foydalanish bilan bog’liq’dir. 
Kandidoz 
— disbiozning bir ko’rinishidir. Candida avlodi 
zamburug’lari og’iz bo’shlig’i, ovq’at hazm q’ilish trakti, nafas yo’llari 
va q’in shilliq’ q’avatining tipik rezident mikrobi hisoblanadi, lekin 
me’yorda kam miq’dorda bo’ladi (6-rasm). Antibakterial preparatlarni 
uzoq’ vaq’t q’o’llash natijasida me’yoriy mikroflora tarkibi buziladi. Bu 
jarayonda organizm makrofagal-granulositar himoya mexanizmlarining 
va T-sistema faolligining susayishi ham katta o’rin tutadi. Aynan 
shuning uchun ham kandidozli stomatit OITS ning birinchi belgilaridan 
bo’lishi mumkin.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling