Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-3 yoshgacha bo`lgan bolalarda


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   261
1-3 yoshgacha bo`lgan bolalarda: shilliq parda qalinlashuvi
tolalar sistemasida va hujayralarda sodir bo`ladigan o`zgarishlar (miqdor 
jihatdan) oshishi, qon tomirlarni ko`payishi, bazal membrananing 
shakllanishi, himoya hujayralar to`plamining korporatsiyasining hali 
shakllanmaganligi, ona organizmidan olingan immunologik tayyor 
himoya vositalarining kamayib tugab ketishi, aynan shu davrda virus va 
infeksiyalar chaqiradigan yallig`lanish jarayonini o`tkir o`tishini 
ta’minlaydi. Aynan shu davrda sut tishlarining birin – ketin yorib 
chiqishi shilliq parda butunligini doimiy buzilishiga va infeksiya kirish 
uchun ko`plab ochiq darvozalarni vujudga keltirishga sabab bo`ladi. 
4-12 yoshlarga kelib og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida kerakli 
himoya bareri – to`siqlari shakllanadi, shu bilan birgalikda immunologik 
himoya hujayralar kompleksi hosil bo`lib qon tomirlar atrofida ular 
faollashadi (plazmatik, limfotsit, gistiotsit, monotsit, makrofag va 
ayniqsa labrotsitlar). Limfa tugunlari himoya funksiyasini bajara 
boshlaydi, immun hujayralar antitelolar, maxsus immunoglobulinlar 
ishlab chiqa boshlaydi. Limfotsit – plazmatik hujayralar – monotsit – 
makrofag – gistiotsit – labrotsit – hujayralar korporatsiyasi vujudga 
keladi. Epiteliy qavat qalinlashadi, maxsus sohalarda ular shoxlana 
boshlaydilar, bazal membrana qalinlashib, zichlashadi, kollagen, elastik 
tolalar takomillashib yetiladi, pishiq mexanik qatlam hosil qilishadi. 


196 
Himoya hujayralari: limfotsit va makrofaglar ko`p qavatli epiteliyga 
o`tib shilliq parda sathiga yaqinlashadi. Qon tomirlar devori zichlashib 
qalinlashib o`tkazuvchanlik pasayadi. Labrotsitlar funksiyasi faollashadi 
ular geparin, gistamin, serotonin kabi biologik aktiv moddalar ishlab 
chiqarib allergik reaksiyalarga qarshi himoya fonini yaratishadi. 
Shunday qilib bu yoshda shilliq parda o`zining himoya barer 
strukturasini shakllantiradi va natijada o`tkir yallig`lanish jarayonlari 
kamayib, surunkali, allergik jarayonlar uchray boshlaydi. 
Shilliq pardaning 8-12 yoshga kelib shakllangan barer (himoya) 
funksiyasini quyidagi strukturalar bajaradi: 
1. So`lak o`zining immunobiologik komponentlari (lizotsim, 
immunoglobulinlar va boshqalar) bilan birgalikda. 
2. Epiteliy shillig`i. 
3. Yupqa, ko`p qavatli epiteliy qatlami (desmosomalari, hujayra 
oraliq moddasi va hujayralar membranasi, hujayra ichidagi lizo-
fagosoma-xazm sistemasi) bilan. 
4. Bazal membrana o`zining zich tolasi strukturasi bilan. 
5. Epiteliy qavatiga migratsiya qiladigan neytrofil leykotsitlar, 
limfotsitlar, immunoaktiv nospetsefik sekretor moddalar. 
6. Shilliq osti qavat qo`shuvchi to`qimaning immunokomponent 
hujayralari (makrofaglar, limfotsitlar, plazmatik hujayralar, neytrofil 
leykoitlar, semiz hujayralar va boshqalar) 
7. Qo`shuvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasi va undagi 
mavjud bo`lgan immunoaktiv strukturalari. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling