Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bolalar yoshida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   261
7.1. Bolalar yoshida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining 
shakllanishi va fiziologik xususiyatlari, o’g’iz bo’shlig’i 
mikroflorasi 
Insonlar, jumladan bolalar og`iz bo`shlig`ining barcha sohalari 
shilliq parda bilan (Lamina mucosa) qoplangan bo`lib u ikki qavat
alohida to`qimalardan iborat. 
1. Yuza qavati ko`p qavatli yassi epiteliy. 
2. Ostki qavati qo`shuvchi to`qima. 
Shilliq parda epiteliy qavati bazal membrana nomli parda orqali 
qo`shuvchi to`qima qavati bilan birikadi (membrana bazalium). Bazal 
membrana juda nozik fibrillyar argirofil tolalardan va mukopolisaxarid 
kompleksidan iborat bo`lib o`ziga xos barer vazifasini bajaradi. 
Epiteliy qavati og`iz bo`shlig`ining barcha sohasida har – xil 
qalinlikda 200 mkm dan – 50 mkm gacha bo`ladi. 
Shilliq parda epiteliysi asosan uch qavatdan iborat: 
1. Bazal hujayralar qavati. 
2. Tikanaksimon hujayralar qavati. 
3. Yassi hujayralar qavati. 
Bazal 
hujayralar 
qavatining 
hujayralari 
to`q 
rangga 
bo`yaluvchi, RNK ga boy sitoplazmaga ega va bu yerda hujayralar 
mitoz yo`li bilan doimo bo`linib ko`payib epiteliy qavatini tiklanishini 
(regeneratsiyasini) ta’minlab turadi. Bu hujayralar shakli asosan 
silindirsimon bo`ladi. 
Tikanaksimon hujayralar yuza qavatda joylashib ko`p tomonli 
(poligonal) shaklda bo`ladi. Hujayralar sitoplazmasi ochroq bo`yaladi, 
pastki qavatlarida bo`linuvchi hujayralar uchraydi. 
Yassi 
hujayralar 
qavati 
tikanaksimon 
hujayralarning 
yassilanishidan hosil bo`ladi. 


192 
Og`iz shilliq pardasining qo`shuvchi to`qimali asosi yumshoq 
shakllanmagan tolali biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan bo`lib, qon tomir, 
hujayra elementlariga boy bo`ladi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling