Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parodontitni Davolash
Atrofik gingivitlarda, ma’lumki tishlarda yumshoq karashlar va
toshlar juda kam miqdorda hosil bo`ladi, yallig`lanish jarayoni klinik 180 belgilar bilan namoyon bo`lmaydi. Shularni nazarda tutgan holda, bu xastaliklarni bartaraf etishda asosan fiziomuolajalap (massajnint barcha turlari)dan foydalanish va darmondorili elektroforez tadbirlari bilan bir qatorda organizmning umumiy quvvatini oshiruvchi davolash tadbirlarini amalga oshirish zarurdir. Bu muolyajalarga qadar mahalliy sabablardan: tizimchalar korreksiyasi, daxliz shilliq pardasining plastinkasi va tish-jag` anomaliyalarini bartaraf qilish lozim. Bolalarda uchraydigan milk yallig`lanishlari mahalliy sabablarga ko`ra aniqlansa va bu sabablar bartaraf etilsa, mahalliy davo tadbirlari yordamida milk asl holiga keladi va jarayonning qaytalanishi kuzatilmaydi. Bemorlar 1-2 yil mobaynida dispanser nazorati ostida turishadi. Shifokor yallig`lanish jarayonining qaytalanmasligiga ishonch hosil qilgach, bolalarni dispanser nazoratidan o`chiradi. Milk yallig`lanishi jarayoni asosida ichki a’zo va sistemalarning umumiy xastaliklari aniqlanganda davo tadbirlaridan so`ng milklar tez orada sog`ayib ketadi. Biroq vaqt o`tishi bilan milklarda yallig`lanish belgilari yana qaytalanadi. Buning sababi, surunkali umumiy xastaliklarda kasallikdan to`liq sog`ayish hollari kamdan-kam sodir bo`lishidadir. Bunday bemor bolalar doimo dispanser nazorati ootida bo`lmoqlari lozim. Surunkali tarzda kechadigan milk yallig`lanishi (gingivitlar) bolalar va o`smirlarda parodontit xastaligini vujudga keltirmaydi. Bunda klinik yoki parodontal cho`ntaklar ham hosil bo`lmaydi. Parodontitni Davolash. Bu xastalik bolalarda onda-sonda uchrab, davolash jarayoni katta yoshdagi kishilarnikidan farq qilmaydi. Bunday bemorlar jarrox, terapevt, stomatolog ko`rigidan o`tishlari lozim. Mutaxassislar o`zaro fikrlashib, davolash tadbirlarini belgilashlari va har bir bemorga xususiy muolaja rejalarini qo`llashlari zarur. Parodontit xastaligini keltirib chiqaruvchi umumiy xastaliklar yoki sistema kasalliklari bilan og`rigan bemorlar kasalxonalarda davolanadilar. Qon kasalliklari bilan og`rigan bemorlar gematologiya bulimlarida gematolog-shifokorlar, ichki sekretsiya bezlari faoliyati buzilgan bemorlar esa endokrinologlar hamkorligida davolanadilar. 181 Umuman parodont xastaliklarida stomatolog-shifokor muolajalarni quyidagi sxema asosida amalga oshirishi: 1) yallig`lanish jarayonini kuchaytiruvchi ikkilamchi sabablar (karashlar, toshlar, mikroorganizmlar)ni bartaraf etishi yoki og`iz bo`shlig`ining sanatsiyasini o`tkazishi; 2) gingivitlarning turiga qarab, muolaja o`tkazishi; 3) parodontal cho`ntaklarga ishlov berishi (kyuretaj qilish, antiseptik va ferment prelaratlari bilan yuvish); 4) bemorni jarrox, ortodont va ortopedlar ko`rigidan o`tkazib, kerakli davo tadbirlarini o`tkazishi; 5) pediatr bilan maslahatlashgan holda organizmning umumiy turg`unligini oshiruvchi parxez va vitaminlarni buyurishi; 6) og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga muntazam ravishda rioya qilishni tayinlashi; 7) tishlar butkul tushib ketgan taqdirda ortopedik, ortodontik yordam ko`rsatishi va bolalarda sun’iy jag`lar (protezlar) yilda kamida bir marta yangilanishini ta’minlashi lozim. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling