Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Xend- SHyuller-Krischen Xastaligi (Sindromi)


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   261
 
6.9.4. Xend- SHyuller-Krischen Xastaligi (Sindromi) 
Bu sindrom (simptomlar yig`indisi) ko`rsatilgan mualliflar 
tomonidan 1893 yilda kuzatilgan. 
Xastalik oqibatida parodont to`qimasidagi o`zgarishlar oldin 
yuqori jag` sohasida aniqlanadi. Milklarda seroz yallig`lanish paydo 


173 
bo`lib, keyinchalik milk so`rg`ichlarining gipertrofiyaga uchrab o`sishi 
natijasida yolg`on cho`ntaklar hosil bo`ladi va ular tezda parodontal 
cho`ntaklarga aylanadi. Milklar yallig`lanishi oqibatida, ular sathida 
zarg`aldok tusli karash bilan qoplangan yaralar paydo bo`ladi. Bu xil 
karash rangi yallig`lanish jarayonida hosil bo`ladigan ksantom 
hujayralari parchalanishining natijasidir. Og`izda qo`lansa hid paydo 
bo`ladi. Tishlar liqillab tushib keta boshlaydi. 
Rentgen tasvirida tish ildizlari atrofidagi alveolyar suyakda 
dumaloq yoki ovalsimon shakldagi suyak to`qimasining siyraklashuvi 
kuzatiladi. Siyraklashgan to`qima chegarasi tekis yoki jimjimali bo`lishi 
mumkin. Siyraklashib, so`rilgan suyak to`qimasi atrofida sog`lom 
to`qima 
ko`rinadi. 
Xastalik 
rivojlanishida 
organizmda 
yog`lar 
almashinuvining buzilishi yuz beradi. Natijada limfoid va retikulyar 
to`qima hujayralarida ko`plab lipid moddasi yig`iladi. Bu holat suyak 
to`qimalarida ham qayd etiladi. 
Bemor bolalar kasalxonaga yotqizilib obdon tekshirilganda, ularda 
qandsiz diabet, ekzoftalm belgilari, ko`pgina suyak to`qimalarida 
o`zgarishlar paydo bo`lganligini aniqlash mumkin. Qandsiz diabet 
xastaligining vujudga kelishi, ksantom hujayralarining kalla suyagidagi 
turk egari sohasida paydo bo`lishi va natijada gipofiz bezi faoliyatining 
buzilishi bilan izoxlanadi. Ekzoftalm belgisida ksantom hujayralari ko`z 
kosasida ko`plab paydo bo`ladi. 
Kalla suyagining yassi sohalarida 1-5 mm o`lchamlardagi, 
dumaloq, notekis chegarali, aniq ajralib turuvchi suyak tuzilishini 
yo`qotgan zonalar kuzatiladi. Shu bilan birga taloq va jigarning 
kattalashuvi, ko`pgina limfa tugunlarining yiriklashuvi, qonda xolesterin 
moddasining oshib ketishi, siydikda esa neytral yog` tomchilarining 
paydo bo`lishi hollari aniqlanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling