Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Keratodermiya (Papiyon - Lefevr Sindromi)


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   261
6.9.1. Keratodermiya (Papiyon - Lefevr Sindromi) 
Bu parodont xastaligi 1924 yilda Papiyon va Lefevr tomonidan 
kuzatilgan. U genetik asosga ega bo`lib, sababi aniqlanmagan 
kasallikdir. Xastalikning birinchi belgilari og`iz bo`shlig`ida birinchi sut 
tishlarining chiqishi bilan aniqlanadi. 2-3 yashar bolalarda milk 
to`qimasi yallig`lanib, shishinqirab qizaradi, qonash belgisi paydo 
bo`ladi. Parodontal cho`ntaklar hosil bo`lishi va ularning yoshi oshgan 
sari chuqurlashuvi, ulardan serozli ekssudat ajralishi kuzatiladi. 
Milklarda yiringli bo`shliqlar (abssess) paydo bo`ladi. Tishlar liqilla6 
tushib ketadi. Tishlar tushib ketganda yoki ular olib tashlanganda 
jarayon to`xtab, yangi tishlar chiqishi bilan ular atrofida yana yangitdan 
boshlanadi va shu tariqa barcha tishlar tushib ketgunicha davom etadi. 
Rentgen tasvirida molyar tishlar atrofidagi suyak to`qimasida 
likopchasimon, kurak tishlar atrofida gorizontal yo`nalishdagi suyak 
to`qimasining yemirilishini (lizis) kuzatamiz. 
Parodont to`qimasining bunday xastaligida oyoq va qo`llarning 
kaft yuzasida, ba’zan bilak terisida kuchli shoxlanish natijasida terining 
qalinlashuvi (giperkeratoz) va bu sohalar terisi sariq novvot chirishi 
shifokor e’tiboridan chetga qolmasligi lozim. Qalinlashgan va sog`lom 
teri chegarasida xastalik uchun xos bo`lgan xavorang-qizg`ish hoshiya 
hosil bo`lishp qayd etiladi. Bemor bolalarda kuchli terlash belgisi paydo 
bo`ladi. Bundan tashqari, tirnoqlar xiralashib, mo`rt bo`lishi, tez-tez 
qonishi kabi belgilar qayd etiladi. 
Bemor bolalarning umumiy ahvoli o`zgarmaydi, biroq tishlar 
liqillab, ularning faoliyati pasayishi oqibatida ovqatlanish jarayoni 
susayadi. Buning natijasida bemorlarda anemiya va gipotrofiya belgilari 
kuzatiladi. 
6.9.2. Nasldan naslga beriluvchi neytropeniyada parodont 
to`qimasining yalpi yallig`lanishi. 
Bu nasldan naslga o`tuvchi, bolalar o`rtasida juda kam hollarda 
kuzatiladigan kasallik bo`lib, qonda va suyak ko`migida neytrofil 
leykotsitlar (oq qon tanachalari) ning kamayib ketishi bilan kechadi. 


170 
Qon tarkibida neytrofil leykotsitlar sonining keskin kamayishi, ularning 
hosil bo`lish jarayonining buzilishi natijasida kuzatiladi. Olimlarning 
taxminicha, buning asosiy sababi neytrofil leykotsitlarning yetilish 
jarayonini ta’minlovchi fermentlaryaing organizmdagi tanqisligidir. 
Neytropeniya xastaligi turg`un va siklik klinik ravishda kechadi. 
Kasallikning ikkala turida ham parodont to`qimasida yarali milk 
yallig`lanishi, tishlarning chiqish va almashinuv davrlarida kuzatiladi. 
Xastalangan milk keyinchalik giperplaziya oqibatida qalinlashib, 
oldiniga milk cho`ntaklari, keyinchalik parodontal cho`ntaklar hosil 
bo`lishiga sabab bo`ladi. Xastalikning bunday belgilarini yosh bolalarda 
3 yoshdan boshlab kuzatish mumkin. Bemorning tishlari xastalik 
oqibatida juda erta to`kilib ketadi (shu jumladan doimiy tishlar ham). 
Qo`yilgan sun’iy jag`lar (protezlar), ortodontik vositalarning milklarga 
tegib turgan sohalarida milk to`qimasi yallig`lanib, shilinish va yaralar 
hosil bo`ladi. 
Uzoq vaqt mobaynida olib borilgan yallig`lanishga qarshi davo 
choralari va epiteliy to`qimasining tiklanishini ta’minlovchi muolajalar 
yaxshi natijalar bermaydi. 
Laboratoriya usulida bemor qonini taxlil qilish va olingan 
ma’lumotlar tashxisni to`g`ri aniqlashda yordam beradi qon taxlili 
ma’lumotlari undagi neytrofil leykotsitlar (ayniqsa xastalikning 
dastlabki 
davrida) 
to`liq 
rivojlanmagan 
turlarining 
yo`qolib 
borayotganligini ko`rsatadi. 
Xastalikning davriy turida bunday xol 4-5 kun davom etadi va 
yana ma’lum kunlar o`tgach takrorlanadi. O`rtacha xuruj vaqtida 
bemorning tana harorati ko`tarilib, umumiy ahvoli keskin yomonlashadi. 
Qon tarkibida leykotsitlar soni keskin pasayib, monotsitlar va 
eozinofillar soni bir muncha oshadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling