Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Milk egatchasi – bu tish va unga yopishib turgan milk o`rtasidagi
bo`shliq yoki cho`ntak bo`lib, maxsus biriktiruvchi epiteliy bilan qoplangandir. Milk cho`ntagi yoki egatchasi va maxsus epitelial birikma parodont to`qimasi uchun himoya vazifasini bajarishi bilan birgalikda o`zining xos tuzilishiga va qon bilan ta’minotiga egadir. Maxsus soha epiteliysi hech qachon muguzlanmaydi va o`z navbatida bir necha qavat tish sathiga parallel joylashgan hujayralar majmuidan iboratdir. Mazkur hujayralar har 4-8 kunda yangilanib turadi. Biriktiruvchi maxsus epiteliyning tish sathiga yopishib turgan yuza qavat hujayralari gemidesmosomalar orqali, yupqa organik qatlam yordamida tish yuzasi appatitlarining kristallari bilan bog`liqdir. Maxsus epitelial birikma tish sathini oddiygina qoplab turmay, balki u bilan chatishib ketgan bo`ladi. Ana shu chatishgan barer butunligi, uning ostida joylashgan parodont to`qimasini mikroblar va ularning toksinlaridan himoya qilib turadi. Parodont to`qimasini himoya qilishda milk suyuqligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur suyuqlik ekssudat va transsudat oralig`idagi konsentratsiyaga ega bo`lib, o`z tarkibida uglevod, oqsil va boshqa moddalar almashinuvida faol ishtirok 141 etuvchi fermentlar tutadi. Odatda bu fermentlardan ba’zilarining faollik jihatdan qon zardobi tarkibiga kiruvchi fermentlardan 8-10 karra yuqoriligi aniqlangan. Milk suyuqligiga kiruvchi oqsillar, jumladan immunoglobulinlar qon plazmasidagi o`xshash oqsillar vazifasini bajaradi. Milk suyuqligida doimo leykotsitlar mavjud bo`lib, ularning soni yallig`lanish darajasi oshishi bilan oshib boradi. Bunday hol ta’sirotlarga qarshi organizmning himoya reaksiyasi bo`lib parodont to`qimasini patologik jarayondan saqlaydi. Milk suyuqligiga leykotsitlar milk egatchasi epiteliysi orqali xemotaksis ta’sirotiga asosan chiqadi. Bundan tashqari milk suyuqligida mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqilgan sitotoksik moddalar (sut kislatasi, ammiak, bakterial endotoksinlar) mavjud bo`lib, ularning miqdori va ta’sir kuchi yallig`lanish jarayonida bir necha marotaba oshadi. Bu sitotoksik mahsulotlar hujayralarni parchalab yallig`lanish jarayoni patogenizida muhim o`rin tutadi. Sement – tish ildizini dentin ustidan qoplab turuvchi to`qima bo`lib, hujayrali va hujayrasiz turlar farq qilinadi. Xujayrali sement tish ildizining appikal qismida va ildizlar ajralgan bifurkatsiya qismida uchraydi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling