Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


  5.8.4. Tugallanmagan osteogenez (Osteogenesis imperfecta)


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   261
 


137 
5.8.4. Tugallanmagan osteogenez (Osteogenesis imperfecta) 
Mazkur kasallik autosom-dominant yo`l bilan nasldan-naslga 
beriluvchi juda xam kam uchraydigan xastalik bo`lib, o`g`il bolalarda va 
qiz bolalarda bir xilda uchrashi kuzatilgan. Tugallanmagan odontogenez 
kasalligi uchun uzun naysimon suyaklarni, o`mrov suyagini, qovurg`a 
suyaklarini tez-tez sinib turishi odatiy xol xisoblanadi. Yosh bolalarda 
kalla suyagi choklarini bitishi sekinlashadi, ular o`sishda orqada 
qolishadi, karlik, ko`z sklerasining moviy tusi, tishlar tuzilishining 
buzilishi va bo`rtib chiqqan peshona xususiy xol xisoblanadi. Tishlar 
o`lchamlari o`zgarmagan, shakli odatdagiday bo`lib, ularning rangi 
kulrang, moviy kulrangdan och sariq yoki jigarranggacha o`zgarishi 
kuzatiladi. Sut va doimiy tishlarning patologik siyqalanishi doimiy 
klinik belgilardan biri bo`lib xisoblanadi.
Rentgen tasvirda jag` suyaklar kortikal plastinka qatlamining 
yupqalashuvi, tish ildizlari uchida suyak osteoporozi aniqlanadi. 
Bolalarning yoshi ortishi bilan tish bo`shlig`i va ildiz kanallarining bitib 
ketishi kuzatiladi.    
 


138 
6 Bob. PARODONT KASALLIKLARI. 
 
Parodont - bu tish atrofini jips o`rab turuvchi milk, tish aylana 
boylami - periodont va alveolyar suyak o`sig`ini o`z ichiga oluvchi 
to`qimalar majmuasidir. Parodont shakllanishi tish ildizlarining paydo 
bo`lishi bilan boshlanib, ularning to`liq shakllanishi bilan birgalikda 
tugaydi. Parodont tuzilishi bolalar yoshiga qarab, o`z xususiyatlariga ega 
bo`ladi. Milklarning rangi parodonti sog`lom bolalarda och pushti tusda 
bo`ladi. Issiq janubiy o`lkalarda yashovchilarda oldingi kurak va qoziq 
tishlarni o`rab turuvchi milklarning qo`ng`ir yoki qoramtir - ko`kish 
tusda bo`lishiga sabab, bu iqlimda yashovchilarning terisi va shilliq 
parda to`qimalarida quyosh nuri ta’siri ostida melanin pigmentining 
ko`proq yig`ilishidir. 
Sog`lom parodontda milk so`rg`ichlari tish yoyining har ikki 
tomonida (vestibulyar, oral) ham o`tkir qirrali teng yon tomonlarga ega 
bo`lgan uchburchak shaklida bo`ladi. Agar tishlarning tish yoyida 
joylashish tartibi buzilsa, u holda milk so`rg`ichlarining cho`qqisi 
dumaloqlashib, silliqlashadi. Tishlari o`sib chiqishi paytida tish va milk 
orasidagi cho`ntaklarning o`lchamlari o`zgarib turadi. Tishlar o`sib 
chiqishi tugallanishi bilan ular atrofidagi tish-milk cho`ntaklarining 
o`lchamlari odatda 1,5-2 mm chuqurlikda bo`ladi. 
Parodont xastaligi yer yuzining hamma mamlakatlarida bolalar 
o`rtasida uchraydi. Bu xastalik 4-5% dan 99% gacha tarqalgandir. 
Parodont xastaligi asosan tishlar o`sib chiqishi tugallangandan keyin sut 
tishlari atrofida, ko`proq esa doimiy tishlar chiqqanidan so`ng yuzaga 
keladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling