Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Tish qattiq to`qimalarining nasldan naslga beriluvchi irsiy


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   261
 
5.8. Tish qattiq to`qimalarining nasldan naslga beriluvchi irsiy 
kasalliklari 
Nasldan-naslga beriluvchi tish qattiq to`qimalarining tug`ma 
nuqsonlariga 
irsiy 
tugallanmagan 
amelogenez 
(ITA), 
irsiy 
tugallanmagan 
dentinogenez 
(ITD), 
irsiy 
tugallanmagan 
odontogenez(ITO) kiradi.
 
5.8.1. Irsiy tugallanmagan amelogenez(ITA) 
Bu juda kamdan-kam uchraydigan, fan tamonidan deyarli 
o`rganilmagan tish emal to`qimasining rivojlanish nuqsoni bo`lib, uning 
bir necha xil klinik shakllari, xar xil klinik ko`rinishi va avloddan 
avlodga xar xil yo`l bilan berilishi farqlanadi. Mazkur nuqsonni paydo 
bo`lish sabablari asosida embrion ektodermal varag`idagi nasliy 
rivojlanmay qolgan soxalar yuzaga kelishi yotadi. ITA aloxida mustaqil 
nuqson sifatida, ba’zan esa qo`shma sindromlar va xromosom 
kasalligining klinik belgisi sifatida xam yuzaga kelishi mumkin. Tish 
emal to`qimasining ushbu nuqsonida emalning rangi o`zgaradi, u 
yupqalashadi, tish toj qismi o`lchamlari kichrayadi. Tish toj qismida 
chuqurchalar, oval kemtiklar va egatchalar kuzatiladi. Bu xil klinik 
belgilar va nuqsonlar estetik kamchilik sifatida bemor bolalar tomonidan 
qayd 
etilib, 
shikoyatlar 
paydo 
bo`ladi. 
Irsiy 
tugallanmagan 
amelogenezni u yoki bu xil klinik ko`rinishlarda namoyon bo`lishiga 
rivojlanayotgan emal matritsasidagi buzilishlar sabab bo`ladi. ITAning 
gipoplastik turining kelib chiqishi emal matritsasidagi shakllanishning 
buzilishi bilan bog`liqligi etirof qilinadi; gipomaturatsiyali turi esa 


129 
matritsaning 
me’yoriy 
yetilishining 
buzilishi 
bilan 
bog`liq; 
gipominerallashgan turi- matritsaning mineral tuzlarga to`yinishining 
buzilishi oqibatida yuzaga kelishi taxmin qilinadi. Kasallikni klinik 
ko`rinishlari uning turiga, qaysi yo`l bilan irsiy berilganligiga, klinik 
kechishiga bevosita bog`liq bo`ladi. Mazkur emal nuqsoni 3 xil irsiy 
yo`l bilan berilishi (autosom-dominant, autosom-retsessiv, X-yopishgan 
dominant yoki retsessiv) mumkinligini, 3 xil klinik shakli (gipoplastik, 
gipomaturatsiyali, gipominerallashgan), 12 xil klinik ko`rinishini 
nazarda tutsak, ushbu emal nuqsonini qanchalik darajada xilma-xilligini 
tasavvur etishimizga to`g`ri keladi.
ITAning g`oyatda xilma-xil shakli, turi va klinik namoyon bo`lishi 
shifokordan juda extiyotkorlik va etibor bilan bemorni ko`rikdan 
o`tkazib tekshirishni taqozo qiladi. Shifokorlar mazkur kasallikning xar 
bir shakli, turi o`ziga xos klinik belgilarga ega ekanligini yaxshi bilib
ularni ajrata olishi kerak.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling