Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Flyuoroz xastaligini davolash


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   261
 
Flyuoroz xastaligini davolash. Flyuoroz xastaligini davolash usulini 
tanlashda uning shakli e’tiborga olinadi. YEngil shakllarida (bo`rsimon, 
xol-xol, dog`li shakli) maxalliy oqartirish va reminerallashtiruvchi 
davolash muolajalari o`tkaziladi. Og`ir shakllarida shikastlanish 
darajasini, chuqurligini, bemorning yoshini inobatga olgan xolda 
zamonaviy plomba ashyolari: glassionomer, kompomer, 
kompozitlarning kimyoviy va nurda qotuvchi turlaridan foydalanib 
restavratsiya-anatomik shaklini tiklash muolajalar o`tkaziladi. Tish toj 
qismlari yemirilishi tiklash ishlariga imkoniyat bermagan xollarda 
ortopedik usullar qo`llanishi tavsiya etiladi.


125 


126 
5.5. Bolalarda sut tishlar rangining o`zgarish xolatlari. 
Ba’zan bolalarda chaqaloqlik davrda gemolitik sarg`ayishni 
boshidan kechirishgan bo`lishsa, yorib chiqqan sut tishlari emali sariq
sariq-kulrang, 
to`q 
jigarrang, 
sarg`imtir-yashil, 
jigarrang-yashil, 
jigarrang-qora, kulrang, yashil, xavorang, qizg`ish rangga kirishi 
mumkin. Erta chaqaloqlik davrda sodir bo`lgan eritrotsitlar gemolizi 
natijasida hosil bo`lgan, noto`g`ri bilirubin tish to`qimalarida yig`ilib 
qolishi natijasida tish qattiq to`qimalari yuqorida keltirilgan ranglarga 
kirishi mumkin. Bu narsa tishlar to`qimasi gistogeneziga ta’sir qilib 
sistemali gipoplaziyaga xam olib keladi. 
Eritrotsitlar gemoliziga ona va bola qonidagi rezus faktorning bir-
biriga to`g`ri kelmasligi sabab bo`ladi. Boshqa sabablar oqibatida yuz 
beradigan 
gipoplaziyadan 
eritrotsitlar 
gemolizi 
sodir 
qilgan 
gipoplaziyaning farqi bunda sut tishlari toj qismi emalining rangi albatta 
o`zgaradi. Agarda ona organizmida antitelalar titri pastroq bo`lsa yoki 
yangi tug`ilib sarg`aygan chaqaloq maydalab qon quyish usulida 
davolangan bo`lsa, sut tishlarining rangi o`zgaradiyu, lekin bunday 
xollarda gipoplaziya kuzatilmaydi.
Eritrotsitlar gemolizi oqibatida sodir bo`lgan sut tishlaridagi 
o`zgarishlarni tetratsiklinli tishlar, irsiy tugallanmagan odontogenez
(Kapdepon displaziyasi) bilan gipoplaziyaning boshqa turlari bilan qiyosiy 
tashxis qilinadi. Qiyosiy tashxisda tishlar rangini o`zgarganligining 
sabablari anamnez ma’lumotlari, ko`rik va ultrabinafsha nur yordamidagi 
tekshirishlar ma’lumotlari asosiy axamiyatga egadir. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling