Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Destruksiya shaklidagi flyuoroz
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5.4.5. Destruksiya shaklidagi flyuoroz. Flyuorozning mazkur shakli ichimlik suvida ftorning yuqori konsentratsiyasi mavjud bo`lgan (10 mg/l va undan oshiq) xududlarda yashagan insonlar, bolalarda uchraydi. Bunda tishlar emal qavati juda mo`rtligi katta bo`laklarining tezda sinib tushishi oqibatida tish toj qismi anatomik shakli buziladi, atipik shaklni oladi. Emal, dentin qavatlari kuchli siyqalanishga uchraydi. Flyuorozning bu shakli emal va dentin qavatlarini shikastlantiradi. Tish toj qismida ko`plab o`ydim-chuqurlar bo`lib, ular xar xil chuqurlik va o`lchamlarga ega bo`ladi. Zond yuritilib ko`rganda og`riq sodir bo`lishi kuzatiladi. Bemorlar kosmetik nuqsonga, tish toj qismining uqalanib sinishiga, issiq, sovuq haroratdan sodir bo`ladigan og`riqlarga, giperesteziyaga, siyqalanishga shikoyat qilishadi. Rentgen tasvirda o`ydim-chuqurlar katta qoramtir dog` sifatida namoyon bo`ladi. 5.4.6. Aralash shaklli flyuoroz. Aralash belgilar mavjud bo`lgan flyuorozning bu shakli ota-onalar 4,5 oylikdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalarni ftor konsentratsiyasi yuqori ichimlik suvi mavjud xududlarga bir necha bor olib borib, ma’lum vaqt turganliklari oqibatida sodir bo`ladi. Ichimlik suvining xar xil konsentratsiyali ftor moddasini tutishi oqibatida shunday sharoitga 124 tushgan bolalar tishida flyuorozning bir necha xil klinik ko`rinishi kuzatiladi. Kasallikning klinik kechishining og`ir yoki yengilligiga qarab bemorlar kosmetik nuqsonga, tishlar sezgirligini oshishiga, tishlar toj qismlarini sinib tushishiga va patologik siyqalanishga shikoyat qilishlari mumkin. Rentgen tasvirda chuqur kavaklar, defektlar soxasida qoraygan soxalar, dog`lar aniqlanadi. Aralash shakldagi flyuoroz o`ziga o`xshash klinik belgilari mavjud bo`lgan: kariyes, irsiy tugallanmagan amelogenez, emal gipoplaziyasi, eroziyasi, nekrozi va ponasimon nuqsonlar bilan qiyosiy tashxis qilinadi. Flyuoroz xastaligi profilaktikasi maqsadida quyidagilar tavsiya qilinadi: 1. Ichimlik suvi manbalarini o`zgartirish, ichiladigan suvni filtrlash. 2. Faqat kaynatilgan suv ichish, sharbatlar, sut iste’mol qilish. Suvni muzlatib, keyin eritib iste’mol qilish. 3. muvofiklashgan (ratsional) ovqatlanishni to`g`ri tashkil qilish. 4. Iloji boricha bolalarni (ayniqsa 4 yoshgacha bo`lgan) ftor konsentratsiyasi ichimilik suvida yuqori regionlardan tez-tez olib chiqish, bir muddat boshqa xududlarda yashash. 5. Tishlarni tarkibida kaltsiy saqlovchi tish pastalari bilan yuvish. 6. Yangi tug`ilgan bolalarni iloji boricha sun’iy ovqatlantirmaslik va erta definitiv (qozon ovqat) ovqatga o`tkazmaslik. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling