Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Sistemali emal gipoplaziyasining boshqa turlari
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5.2.12. Sistemali emal gipoplaziyasining boshqa turlari (Getchinson, Furne, Pflyuger tishlari). Getchinson tishlari – asosan yuqori jag` markaziy kurak tishlarining yassilanib ochqichsimon yoki tish o`qi bo`ylab yumaloqlashib xumsimon-bochkasimon shaklni olishidir. Bu xildagi tishlarning kesuvchi qirralarida yarim oysimon o`yiqlar, emalning yupqalashganligi yoki butunlay bo`lmasligi kuzatiladi. Tishlar bo`yin qismining o`lchamlari kesuvchi qismiga qaraganda kattarok bo`lishi xususiy xol xisoblanadi. 116 Furne tishlari – uchun xam ochqichsimon shakl xarakterli bo`lib faqat kesuvchi yuzasida yarimoysimon o`yiqlar bo`lmaydi. Ilgarilari Getchinson va Furne tishlari faqatgina tug`ma zaxm kasaliga chalingan bolalarda uchraydi deb xisoblashgan va asosiy simptomlar uchligiga kiritilgan belgilardan xisoblangan (Getchinson tishlari-tug`ma karlik-parenximatoz keratit). Ammo lekin, keyinchalik olib borilgan kuzatuvlar Getchinson, Furne tishlar anomaliyasi faqat tug`ma zaxmda emas, balki gipoplaziyasida xam uchrashi aniqlangan. Pflyuger tishlari – birinchi molyar tishlarda uchrab, tish bo`yin qismining chaynov qismidan yo`g`onligi bilan ajralib turishi bilan tavsiflanadi. Bu tishlarda chaynov do`mboqchalari rivojlanmagan bo`lib, tishlar konussimon shaklga ega bo`ladi. Tishlarning bunday shaklga ega bo`lishini zaxm infeksiyasi toksinlarining ta’siri oqibati natijasida sodir bo`ladi deb tushuntiriladi. Bunday yuqorida keltirilgan xastaliklarda katta yoshdagi bolalar kosmetik nuqsonga, tishlar yorilib darz ketishiga va ularning siyqalanishiga shikoyat qilishadi. Davolashda qilinadigan muolaja klinik belgining namoyon bo`lishiga bog`liq. Kosmetik nuqsonlarda bolalar yoshini inobatga olgan xolda zamonaviy plomba materiallaridan foydalanib restavratsiya ishlari tavsiya qilinadi. Bunda glassionomer, kompomer, kompozit nurda qotuvchi materiallardan keng foydalaniladi. Tishlarda ko`plab yoriqlar, kuchli siyqalanishlar mavjud bo`lgan taqdirda ortopedik yordam ko`rsatish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling